Mansur G‘aniyev (1988)

1988 yilda Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. Termiz Davlat universitetining filologiya fakul’tetida tahsil olgan. Hozirda “Sharq ziyosi” gazetasida faoliyat yuritadi. YILLAR XOTIRASI Ona, qorlar tushib qoldi Yo‘limizga, Sog‘inchlarning kaptarlari Ko‘nglimizda. Oq yomg‘irlar yog‘ib o‘tdi Tushlarimdan. Qaynoq sellar kelayotir Ichlarimdan… Yana yo‘llar xotiramga davomi…

Shavkat Odiljon (1989)

Shavkat Odiljon Samarqand viloyatining Jomboy tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Baxt bekati” nomli kitobi chop etilgan. Hozirda “Kitob dunyosi” gazetasida faoliyat yuritadi. SIZ MENI SEVMAYSIZ… Fasl tanlamaydi muhabbat, Visol oni bor to‘rt faslda. davomi…

Nargiza Alixonova (1974)

1974 yilda tug‘ilgan. Andijon Davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Andijonim mening”, “Talaba taronasi” to‘plamlarida she’r­lari chiqqan. “Oy bilan suhbat” nomli she’riy to‘plami muallifi. Osmoniy sharar Yana taom tagiga oldi, Ta’nalarga qolgum muqarrar. Yana she’r o‘z ko‘yiga soldi, Tinch qo‘y davomi…

Jo‘ra Muhammad (1954)

1954 yilda tug‘ilgan. Jizzax Davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tugallagan. Uning “Hayot ishqi”, “Vatan haqida qo‘shiq”, “Evirilish lahzasi” she’riy to‘plamlari nashr qilingan. * * * O‘z ko‘ksimga o‘zim sig‘madim, Adirlarga qochdim hayo-hud. Maysazorga yonboshlagancha Ko‘kka boqib, yolvordim davomi…

Gulnoz Mo‘minova (1978)

1978 yida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. “Fasllar shiviri”, “Dil siniqlari” she’riy kitoblar muallifi. Hozirda “Yoshlar” teleradiokanalida faoliyat ko‘rsatadi. Tashrif Keltiradi tonggi shamollar Chechak hidin uyg‘oq saharga. Yuksaklikdan, qorli tog‘lardan Bahor tushib kelar shaharga. Uchiradi sho‘x novdalarni davomi…

Guliston Matyoqubova (1948)

Qoraqalpog‘iston xalq shoirasi. 1948 yilda tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetida o‘qigan. “Hayajonning yetti rangi”, “Oydin ostona”, “Sevib qolsin”, “Daryoga botayotgan quyosh” , “Izlaganlarim” , “Oybaldoq”, “Muhabbat yurti” nomli kitoblari nashr qilingan. 2011 yilda “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovining g‘olibasi bo‘lgan. Vaqt davomi…

Tilab Mahmudov (1936)

1936 yili tug‘ilgan. O‘rta Osiyo Davlat universiteti filologiya fakulteti jurnalistika bo‘limini tamomlagan. Falsafa fanlari doktori, professor. Hozirda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti tasviriy san’at tarixi va nazariyasi kafedrasi professori. So‘nggi 20 yil ichida o‘ndan ortiq nazariy-metadalogik tadqiqotlar davomi…

Nodira Barotova (1969)

1969 yilda tug‘ilgan. ToshDUning o‘zbek filologiya fakultetini tugatgan. Ayni paytda Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi 2-son akademik litseyi o‘qituvchisi. Uning “Yuragimning zangori rangi” nomli she’riy to‘plami nashr etilgan. * * * Bu yo‘llarning yo‘qday oxiri, Yuraverdim kuz bog‘larida. Xayolimni sochib davomi…

Abdurazzoq Obro‘y (1956)

Taniqchi hajvchi, shoir va yozuvchi Abdurazzoq Obro‘y 1956 yili Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. 1985 yili Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. O‘zbekiston Milliy axborot agentligida, “Mushtum” jurnalida, “Vatanparvar” gazetasida xizmat qilgan. Nafaqadagi podkolkovnik. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvonini davomi…


Maqolalar mundarijasi