Dilorom Ismoilova (1965)

1965 yilda tug‘ilgan. SamDUning o‘zbek-tojik filologiyasini tugatgan. “Yuragimda gul shiviri”, “Rayhon isli kunlar”, “Sog‘inib ketdim”, “Mehribonim, qaydasiz” to‘plamlar muallifi. “Shuhrat” medali sohibasi. Yuzing oq tongmidi Yuzing oq tongmidi, subhidam chog‘i, Muhabbat nasimi qo‘zg‘alib yeldi? Men sevib qoldimmi, umrim shomida, Borib davomi…

Asqar Qosim (1946-1986)

1946 yilda tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetida tahsil olgan. Shoirning “Favvora”, “Moviy osmon”, “Zamin ko‘rki”, “Tolbargak”, “Ko‘ngil kabutari”, “Sirlar” nomli to‘plamlari nashr qilingan. U tarjimon sifatida Yevripidning “Medeya”, Esxilning “Qabr oldidagi qurbonlik” asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan. Shoir 1986 yilda vafot etgan. davomi…

Shodmon Sulaymon (1975)

1975 yilda tug‘ilgan. Filologiya fanlari nomzodi. Buxoro Davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan. “Xosiyatli kun”, “Kuz xayoli”, “Tug‘ilgan kun” kabi she’riy va nasriy to‘plamlari; “Qaynoq qum kengliklarida”, “She’riy san’atlar sehri”, “Adabiyot nazariyasiga oid tushunchalar”, “Adabiyotshunoslik atamalarining qisqacha izohli lug‘ati”, “Mutolaa davomi…

Munavvara (1965)

1965 yilda tug‘ilgan.  Toshkent Davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan. Ayni kunda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi vazifasida xizmat qiladi. Uning “Oila omonligi til bilan”, “Qizlarjon!”, nomli publitsistik risolalari; “Diydor”, “Sizga o‘xshasin”, “Sog‘inch manzili” kabi she’riy to‘plamlari davomi…

Abdumajid Azim (1957)

1957 yilda tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetida o‘qigan. Shoirning “Qalbimning Vatani”, “Quyosh bolasi”, “Yorug‘lik olami” singari she’riy to‘plamlari chop etilgan. Ayni paytda “Hurriyat” gazetasida faoliyat yuritmoqda. * * * Ko‘ngil, sen o‘zingni ovutib yasha, Taqdiri azalning ishiga ko‘ngil. Umrning past-baland yo‘llari davomi…

Ermamat Nurmatov (1937)

1937 yilda tug‘ilgan. Namangan Davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini bitirgan. “Olmos”, “Boqiy baxt”, “Yaxshilik”, “Muhabbat bog‘i”, “Sog‘inish”, “Oq guldasta”, “Devon”, “Faryod”, “Oq va qora”, “Ikki qutb”, “Ezgulikdan umr charog‘on”, “Saboq” kabi kitoblari nashr etilgan. * * * Tun ketib, olam davomi…

Shodmonqul Salom (1980)

1980 yilda tug‘ilgan. Termiz Davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. “Yurak iqlimi”, “Ko‘ngil kitobi” she’riy kitoblari chop etilgan. Hozirda “Kitob dunyosi” gazetasida Bosh muharrir vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Tun qorovuli I Men – bir tungi qorovulman, tunning qo‘riqchisiman, Tong ortilgan tun karvonin davomi…

Ibodat Rajabova (1956)

1956 yilda tug‘ilgan. Samarqand Davlat pedagogika institutining filologiya hamda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetlarida o‘qigan. Uning “Osmondagi farishta”, “Buxoroda gujumlar gulladi”, “Qush kiprigi” singari she’riy hamda bir qator nasriy-tarixiy asarlari chop etilgan. Ayni paytda, “Buxoro oqshomi” gazetasida faoliyat yuritmoqda. BOBOM davomi…


Maqolalar mundarijasi