Abdulatif Abdullayev. Hamyon (hikoya)

Yaqinda tug‘ishi kutilayotgan bittayu bitta sigirga hovli etagidan o‘tgan ariq ichida o‘t yulayotgan Hikmatni onasi hayajonli ovozda chaqirdi:—Hikmatjoon! Hiikmaat! Buyoqqa kel o‘g‘lim. Tezroq bo‘l… Yulgan o‘tlarini orqalab kelgan Hikmatni onasi shoshirdi:—O‘tingni qo‘y o‘g‘lim, mana buni o‘qi!…—N…nnima ekan u?—O‘zing o‘qiyqol!Maktubda uning davomi…

Xurshid Nurullayev. Yig‘ilish ham ish (hajviya)

Ertalab soat to‘qqizda o‘tkaziladigan yig‘ilishiga o‘zi kechikkanidan qabulxonaga shoshib kirgan boshliq xonada kotibadan boshqa hech kim yo‘qligini ko‘rib, hayron qolganini yashirmadi.– Majlisga aytilganlar qani?– Sizni rosa bir soat kutishdi, keyin o‘rinbosaringiz hammani turli yig‘ilishlarga jo‘natdi.– O‘rinbosarning o‘zi qayerda?– Vazirlikka ketdi, davomi…

Xurshid Nurullayev. Himmatingizga bog‘liq (hajviya)

Davolovchi shifokor kasalxonaga yotqizilgan bemorni ko‘zdan kechirarkan, uning qayerda ishlashi bilan qiziqdi.– Yozuvchiman.– Nima yozasiz?– Kamchiliklarni.– Bizga tushgan bemorlar kasalxona sharoitini yaxshilash uchun nimadir qilishadi. Ushbu palataga sizdan oldin davolangan bemor quruvchi ekan. Tuzalgandan so‘ng, mana, ko‘rib turganingizdek, xonani ta’mirlab davomi…

Jasur Kengboyev. Ortiqcha odam (hikoya)

O‘zini topmay kezar.Adashar o‘zining oppoq jismida.Shamol shunday esar.Federiko Garsia LORKA Shomga yaqin edi. Bahorning ilk yakshanbasi. Dam olish kunini faqat bir mashg‘ulot bilan o‘tkazayotgan Saydali sehrli ohanglar tugashi bilan magnitofonni o‘chirdi-da, oshxonaga o‘tdi. Kechki ovqatga non yo‘q edi. Derazadan tashqari davomi…

Fozil Farhod. Noqobil (hajviya)

Saylov haqidagi darak bir kunda qishloqqa yoyildi – oxirgi xonadonga dovur yetib bordi. Tadorik-da o‘sha kunning o‘zidayoq boshlandi: ariqlar tozalandi, ko‘chalar supirildi, uylar ohaklandi, yo‘l chetlariga gullar ekildi. Qishloq vakillari kengashib, saylovni maktab binosida o‘tkazadigan bo‘lishdi. Bir to‘xtamga kelingunga qadar, davomi…