Shavkat Yodgorov. Ko‘chish (hikoya)

— Bularni nima qilsam ekan, olib ketaymi…U kapron arqon bilan taxlam-taxlam qilib bog‘lab tashlangan kitoblarga qarab o‘ylanib qoldi. Eskirib ado bo‘layozgan kursiga omonat cho‘kar ekan, kitoblardan birini «toy» ichidan sug‘urib oldi: «Jamiyatshunoslik xrestomatiyasi». Yaqin orada qo‘l taftini ko‘rmagan kitob muqovasidagi davomi…

Shavkat Yodgorov. Unutish (hikoya)

Sunnat muallim kenja qizini uzatayapti. Kim nima desa desin, to‘y qilishni kambag‘alga chiqargan. Boy odam to‘yida bir yilda, kambag‘al besh-o‘n yilda topganini to‘kib-sochadi. Shungami, kambag‘alning to‘yi to‘yday bo‘ladi.Ayri zardoli ostidagi chorpoyaga joylangan chollarning hangomasini o‘rtacharoq shaftoliday keladigan o‘riklarning yerga parsillab davomi…

Shahlo Hoshimova. Jiyda gulining hidi (hikoya)

Tongda mahbuslar yerni qoplagan qorni ko‘rib, bir-birlariga ma’noli nigoh tashladilar. Nigohlarida alam bor edi: yana qish kelibdi.Sahroda joylashgan qamoqxonaga kelgan qancha-qancha jinoyatchi-mahbuslar tushuntirish mushkul bo‘lgan qiynoqlarga duchor etilgan, bu kutilmagan tasodif qurbonlari taqdirning taqozosi bilan qalbidagi yaxshilik gullari yulib tashlangan davomi…

Omonullo Abdusalomov. Pushaymon (hikoya)

Darsga qo‘ng‘iroq chalindi. 6 “G” sinf o‘quvchilari maktab ustaxonasiga kirishdi. Mehnat ta’limi o‘qituvchisi Umrzoq aka Saidov bolalarga topshiriq berib qayoqqadir chiqib ketdi. Shundan so‘ng Botir eshik orasidan mo‘ralab: “Xayriyat, domla ketyapti”, — deya ich-ichidan suyundi.Bolalar ishga berilib ketishdi. Biri taxta davomi…

Sabohat Rahmon. Aks (hikoya)

Odam bir umr hech chidab bo‘lmaydigan zildayog‘ir tushunchalar bilan yashaydi.F.Dostoyevskiy Bilmadim, sen qachon mendan shunchalar nafratlana olishga ulgurding ekan. Bu tuyg‘u (agar uni shunday deb atash joiz bo‘lsa) qaydan tug‘ildi-yu, mening nimamdan nafratlanasan? Asli mendan nafratlanib bo‘larmikan? Jahling chiqmay qo‘yaqolsin. davomi…

Omon Jorqinboyev. Portret (hikoya)

Yo‘ldosh aka bir qo‘lini ko‘cha eshikning kesakisiga tirab tarxashlik qiladi, kulgancha «zorlanadi»:— Qo‘yib, yubor-e, kirmayman, dadang meni yomon ko‘radi.Besh yashar o‘g‘ilcham yig‘lamokdan beri bo‘lib uning qo‘lidan tortqilaydi.— Nevaram boyaqishni qiynamay, qiraqoling endi, tog‘asi, — deya «yolvoradi» oyim.— Obbo, tirmizak-ey, qo‘ymading, davomi…

Qilichbek Mustafo. Xaloskor qog‘ozlar (hikoya)

Marg‘uba ostona hatladiyu, mehmonxonadan kelayotgan tanish ovozlarga sergak tortib quloq soldi.— Yetti ming so‘m kammi?— Yettitangiz kissangizda tursin, Mavlonbek! — bu to‘ng‘ich aka bo‘lmish To‘lqinning tovushi. — Bu hovli aslida to‘ng‘ich o‘g‘ilniki bo‘lishi kerak, bir vaqtlar sal ahmoqlik qilib chiqib davomi…

Nargiza G‘ulomova. Shaharlik kelinchak (hikoya)

Sahar osmondagi tun rangini artdi. Ammo quyosh hali ko‘ringani yo‘q. Uni baland tog‘lar to‘sib turibdi. ltlar vovillab, xo‘rozlar qichqirdi. Qishloq uyg‘ona boshladi. Hovlilarda chelak, supurgi ushlagan kelinchaklar ko‘rindi. Siz ham uyqungizning eng shirin damlaridan kechib tashqariga chiqsangiz, ajoyib manzaraning guvohi davomi…