Farid Usmon. Yuk (hikoya)

Uning qiyofasi hayotda bor odamlarning qiyofasidan uncha farq qilmaydi. Lekin o‘ziga xos jihatlari ham bor. Juda keksa bo‘lmasa-da, yoshi bir joyga borib qolgan odamlarga o‘xshab ketadi. Hayot mashaqqatlari uni g‘ijimlab tashlagan. Oriq jismiga monand yelkalari uni yanada ozg‘in ko‘rsatadi. Katak, davomi…

Aziz Norqulov. Toshdevor va antenna (hajviya)

Uydagilarni sog‘insam yoki cho‘ntakda shamol aylanib qolsa, dadamning qo‘l telefonlariga qo‘ng‘iroq qilaman. U yoqdan chiroyli ovoz eshitiladi: “Telefon xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida.”. Ie, har gal shu, keyingi paytlarda dadam ham…Shunday deymanu qishlog‘imizda qo‘l telefonlarining antennasi birovga tutqich bermasligini yaxshi bilaman. davomi…

Abdulla Ayizov. Rais (hikoya)

Raisning ko‘rpa-to‘shak qilib yotib qolganiga ham ancha bo‘ldi. Do‘xtirlar uyiga kelib ham, shifoxonaga yotqizib ham muolaja qilishdi, lekin aniq tashxis aytishmaydi. Oldinlari «Hechqisi yo‘q, hali otday bo‘lib ketasiz», deb ko‘nglini ko‘tarishardi. Endi esa ular ham bu xonadondan asta-sekin qadamlarini tortishyapti. davomi…

Norali Ochilov. Do‘st (hikoya)

Yangi yil oqshomida ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga Tubanko‘l mahallasidan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Shu yerda yashovchi bir kishiga og‘ir tan jarohati yetkazilgan, natijada u jon bergan. Yil bo‘yi jinoyatchilarni izlab topish va so‘roq qilishdan toliqqan izquvarlar, tergovchi va kriminalistlarning bayramona kayfiyati davomi…

Bo‘ston Rahmonova. Yalpizlar ifori (qatra)

Oq atirgul Bir dona gul edi u.Hali ochilib ulgurmagan. Urinmagan, barglari qatida shudring tomchilari yaltiraydi. Nimadandir bezovtadek yaproqlari titraydi. Boshi bir tomonga salgina egilgan, uyalgandek…Men uni to‘satdan ko‘rib qoldim. Ochiq deraza chambaragidan o‘tkazib, tokchaga kimdir qo‘yib ketgan ekan. Ha, uzganu davomi…

O‘ktam Mirzayor. Sovrin (hikoya)

Teshavoyning obi-diydasi Nortojining jigarini ezib yubordi. Ikki kunning birida shu ahvol — kallayi saharlab shilqillaganicha ostonada paydo bo‘ladi.— Nor aka, nima qilay? Ayting, nima qilay, tentak bo‘lib qolmasmikan-a?! — deydi zorlanib. Nortoji uni nima deb yupatishniyam bilmaydi. Sho‘rlikni bag‘riga bosib, davomi…

Farid Usmon. Ko‘nikish (qatra)

Yangalar ketishdi. Kelin bugun ertalab hovliga o‘zi tanho chiqdi. Hayhotday begona hovliga sinchkovlik bilan ko‘z yugurtirdi. O‘rtasidan bir ariq suv shovullab oqib yotgan hovli shu qadar keng ediki, hayron qoldi. Etakda bostirma. Bostirma tagida tandir, tandir yonida qo‘sh o‘choq.Kelin shularni davomi…