Anvar Suyunov. Tarsaki (hikoya)

Bola o‘choqboshida edi.Taryok urib o‘tirgan nashavand chollar orasidan otasining bo‘g‘iq va zahil ovozi eshitildi. Shiftidan belga qadar tutun qoplagan o‘n bir balor tarafga ikki bo‘lak novvot, bir tugunchak parvarda olib jo‘nadi.– Choy! – dedi otasi – Ko‘kchoy damla, achchiq bo‘lsin.Ta’kidni davomi…

Anvar Suyunov. Mangu qo‘shiq (esse)

I Etagi quloch yetmas qirlar…Sal ilgariroqda niliy osmonga to‘sh berib, asrlar sukunatini shimib qari tog‘ yastanib yotadi. Ayni kez biz tarifini aytmoqchi bo‘lgan G‘o‘bdin adirlari bahorgi ko‘kbaxmal choponini kiyib,   shimoldan esayotgan Ilono‘tdi shamolining o‘zanini quyi Zarashfonga burib,  ko‘klam oftobining iliq davomi…

Muhammad Siddiq. Tuxumning foydasi (hajviyalar)

Muhammad Siddiq (Mamasoli Sarimsoqov) Farg‘onaning so‘lim Mirzaobod qishlog‘ida tug‘ilgan. Farg‘ona Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan. ”Gulxan” jurnalida, “Ma’rifat”, “O‘zbekiston ovozi” gazetalarida ishlagan. Avvallari “Shum bola” choyxonasida tez-tez ko‘rinib turardi, keyinchalik daragi bo‘lmay ketdi. Bu choyxo‘r do‘stimiz ham tujjor bo‘lib ketibdilar-da, davomi…

Muhammad Ali. Altoyir yulduzi (hikoya)

Bundan bir necha lahzagina Movarounnahr hukmdori bo‘lgan, “onhazrat”, “etta iqlim shahanshohi” va hakazo unvonlar sohibi Mirzo Ulug‘bek ko‘hna Ko‘ksaroy pillapoyalaridan tushib kelar ekan, ajabo, o‘zini bag‘oyat yengil sezdi. Ollohga shukur! U ortiq mashhur saltanat podshosi emas, uning yelkasida ulkan mamlakat davomi…

Omon Muxtor. Yozilmagan hayot (hikoya)

Yosh yozuvchi Ismoilga pochchasi Sayfulla aka:— Farg‘onaga bir bormoqchiman. Dovondan o‘tib. Hech ko‘rmaganman, — dedi. — Qo‘yliqdan to‘rt-besh soatlik yo‘l ekan.— Mashina tutib nima qilasiz? O‘zim obboraman, — dedi Ismoil.Sayfulla aka Qo‘yliqdan ichkariroqda, qishloqda yashar edi. Yoshlikda tabelchi, suvchi bo‘lgan, davomi…

O‘zbektosh Qilichbek. Xushomad (hikoya)

Saratonning so‘nggi kuni. Quyosh ufqqa yonboshlagan.Qishloqning siyrak joylashgan paxsa uylarini tutashtirgan o‘nqir-cho‘nqir yo‘lda ikki sinfdosh yigit gaplashib turishibdi. Soqoli o‘siq, pahmoq sochli Tolmasbek velosipediga omonatgina suyanib olgan.— Ertaga o‘rog‘ingni qo‘ltiqlab dalamizga o‘taverasan, — dedi ketishga chog‘langan Tolmasbek. — Vaqtini aytib davomi…