Normurod Norqobilov. Qabrtosh (hikoya)

Tog‘dagi og‘aynilarinikida to‘ylab qaytgan Erali onasi mozoriga qabrtosh qo‘yilganini eshitib, fig‘oni ko‘kka o‘rladi. Aka turganda singilning qabrtosh o‘rnatishi nimasi?! Na bir og‘iz so‘rash bor, na oldidan o‘tish. Endi odamlar nima deydi? O‘g‘il bo‘lmay o‘l-a, singlingcha bo‘lolmabsanda demaydimi. Bu shumlikning boshida davomi…

Erkin Usmon. Kiprikdagi yosh (hikoya)

FIRDAVS: Meni bu yerga qachon, qay ahvolda olib kelishganini bilmayman.Ko‘zimni ochsam, oti ham, o‘zi ham sovuq «reanimatsiya» xonasida yotibman.Eniga besh, bo‘yiga uch quloch keladigan, shiftiyu devorlariga oppoq kafel yopishtirilgan xona. Devordagi bir juft neon lampasi, xona burchagidagi dori-darmonlar, sonsiz-sanoqsiz shisha davomi…

Otauli. Yo‘riq (hikoya)

Keyingi o‘n besh yillik umrini qadimiy Yassi qal’asi yaqinidagi Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida o‘tkazgan Husayn so‘fi Muhammad so‘fi o‘g‘li qirchillama qirq yoshida kutilmaganda noaniq bir xastalikka chalinib, to‘shakka mixlandi-qoldi. Tabib-hakimlar bemorni har bob bilan ko‘rib, dardiga davo qidirdilar, lekin bu urinishlardan tayinli davomi…

Said Anvar. Yashasin, fonogramma (hajviya)

Keyingi paytlarda, “Hamma yoqni fonogramma bosib ketdi!”, degan hayqiriqlar ko‘payib ketdimi, birodarlar? Fonogrammaning nimasi yomon? Hofiz ham tirik jon — tobi bo‘lmasligi, ovozi chiqmay qolishi mumkin. Fonogramma bo‘lsa-chi? Xonanda soqov bo‘lib qolgan bo‘lsayam ovozi jaranglab turaveradi.Qarangki, fonogrammani hayotda ham qo‘llasa davomi…

Said Anvar. Ishdan ketish (hajviya)

Bu voqea maktab bog‘i bilan oshxonani tutashtiruvchi chorrahada ro‘y berdi. Direktor o‘rinbosari Olimjon oldinda, biz esa orqada oshxona tomondan kelardik. Bog‘ tomondan qorovulimiz Soli buva aravasiga o‘t yuklab chiqib qoldi. — Ha, boboy, — kovlayotgan cho‘pini tishidan olib, og‘zidagi go‘sht davomi…

Abdusattor Hotamov. Ammamning buzog‘i (hajviya)

Ko‘chadan bolalarning qiyqirig‘i eshitilishi bilan xotinimning peshonasi tirishdi:— Uf, yana kelishdi.Uning bu so‘zidan dami chiqib ketgan pufakdek bo‘shashib ketdim.— Eshikni ochmay qo‘ya qolamiz. Qo‘ng‘irog‘ini jiringlatib, uyda emas ekanlar deb, qaytib ketaverishadi, — dedi xotinim qovog‘idan qor yog‘ib.— Esing joyidami? — davomi…

Axtamqul Karim. Rais indamadi (hajviya)

“Tekshiruvchilar kelishdi…”Kotib keltirgan bu sovuq xabar raisning yuragini yormagan bo‘lsa-da, o‘rnidan qo‘zg‘alishga majbur etdi. U tog‘liklarga xos polvon kelbatini ko‘tarar ekan, kursi bechora zalvorli yukdan ozod bo‘lganini sezib, sekingina g‘ijirlab qo‘ydi. Rais komissiyaga peshvoz chiqdi. Boshdan oyoq qora libosga burkangan, davomi…

Nodir Normatov. Oytosh (hikoya)

Uyg‘onganimda xona nimqorong‘i, havosi mo‘tadil bo‘lishiga qaramay, jiqqa terga botib ketgan edim (balki ustimga yopilgan choyshabning havo o‘tkazmasligi boismi yoki tushimda meni bir qora odam qo‘lida pichoq bilan quvlaganligi uchunmi, bilmadim), qulog‘im tagida sirena tinimsiz chiyillardi. Birozdan so‘ng ovoz tinchidi. davomi…