Xurshid Do‘stmuhammad. Qahr (qissa)

1 Bu qattol savol ko‘nglining nigoh yetmas pana-pastqamida qachon ko‘z ochganini sira eslolmadi. Qurmag‘ur, to‘satdan aniq-tiniq, lo‘nda savol bo‘lib tug‘ilmadi-da, o‘zi. Dastlabiga sharpa, ko‘laga tusida paydo bo‘ldi – e’tibor bermadi, g‘oyib bo‘lgandi ham, bir yengil tortgan joyida tag‘in qorasini ko‘rsatib, davomi…

Xoliyor Safarov. Onamning yolg‘onlari (hikoya)

Ukam isitmalab, onam tipirchilab qoldi. Yo‘qsilning ko‘rgan kuni qursin. Topishi kam bo‘lsa ham bolasi ko‘p bo‘ladi. Kambag‘allik otameros o‘tib, biror kasbning hujjatiga ega bo‘lolmagan, aslida xo‘jalik ishlarining hammasi qo‘lidan keladigan otam erta bahordan ikki-uchta qismatdoshlari bilan avvallari qishloq oralab mardikor davomi…

Xoliyor Safarov. «Yomg‘ir yog‘masaydi…» (hikoya)

Bahorning ilk kunlari. Daraxtlar kurtak urib, chinbarglar nishon bera boshlagan. Tabiat ajib bir go‘zallik kasb etgan. Qir-adirlar yam-yashil ko‘rpaga o‘ranmoqda. Havo salqin, namxush. Kechga yaqin shitirlab yomg‘ir yog‘a boshladi. Havoning avzoyini, qop-qora bulutlar qibladan bir tekis «osilib» kelayotganini ko‘rib, Sobirning davomi…

Xurshid Do‘stmuhammad. Duryog‘di (hikoya)

Favqulodda fojia yuz berishi mumkinligi hech kimning tushiga ham kirmagandi. Uch kundirki, yugur-yugur, chopa-chopdan tinim bo‘lmadi. Kim shodiyonaga atab yangi engil-bosh tiktirgan, kim sovg‘a-salom izlagan, yana kimlar qamishdan bel bog‘lab, qo‘l-oyog‘i chaqqon xizmatchilar safidan joy olgan, desangiz. Duryog‘di esa to‘yboshi. davomi…

Mahmud Rajab. Somon mavsumida (hikoya)

Bekorchilikdanmas, ishim ko‘pligidan qo‘lim ishga bormay, yonboshlab yotibman. Erinchoqligim emas, kuyunchakligim sababli tash­vish­lar ko‘pa­yib, oyoq-qo‘lim bog‘langan. Ishining ko‘zini bilmaydi, deyishadi meni. Nima qilay, men qilmoqchi bo‘lgan ishlarning ko‘zi yo‘q. …Daladagi sholini yanchib olganimizga bir hafta bo‘ldi. Somoniga hali qo‘l tekizmadik. davomi…

Habib Siddiq. Menga atalgan bashoratlar (hajviya)

Ilgari saboqdosh yigit-qizlar munajjim bashoratini o‘qib, ayrimlari unga ishonib, hayotidagi turli voqea-hodisalarni izohlashsa, goh kulgim, goh g‘ashim kelardi. Qayoqdagi cho‘pchaklarga ishonishadi-ya, yozaveradi-da og‘ziga kelganini, derdim. Lekin keyingi paytlarda ana shu bashoratlar menga ham chippachinday tuyula bosh­ladi. Stipendiyani “yuvish” uchun to‘rt davomi…