Baxtiyor Nuriddinov. Boshpana (hikoya)

Tashqarida sharros yomg‘ir yog‘ardi. Deraza ortidan doimgidek Xontoqning so‘niq, ammo judayam fusunkor manzarasi ko‘zga tashlanib turibdi. Ahyon-ahyon daryo bo‘yidagi terakzorning shamolda chayqalib, shovullashi quloqqa chalinadi. Ayvon shipidan shoshqaloqlik bilan chakkillab tushayotgan tomchilarning tovushi goh-goh odamning xayollarini buzib, chalkashtirib tashlaydi. Unga davomi…

Luqmon Bo‘rixon. Boltaboyning bolasi (hikoya)

Tevarakdan allaqanday dori-darmonlarning achimsiq isi anqiydi. Yelkasiga yelvagay tashlangan oppoq xalat tugmasini asabiy o‘ynagan ko‘yi shifoxona yo‘lagida betoqat yurinib turgan Qayum Ochilovich Idrisov qarshisidagi oynaband eshikka tez-tez umid­vor ko‘z tashlab qo‘yardi. U yon-bu yon sassiz, sharpasiz o‘tib qaytayotgan hamshiralar, xizmatchilar davomi…

Boboravshan G‘oziddinov. Suv (hikoya)

– O‘z oyog‘i bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilshod shunday deya o‘rnidan sapchib turdi-yu, derazadan tashqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan daraxtlarga, so‘ng tik tepalik yonbag‘ridagi yolg‘izoyoq yo‘lda chelakning og‘irligidan zo‘rg‘a odimlayotgan qo‘shni davomi…

Dadaxon Nuriy. Vijdon hayqiriqlari (triptix-roman)

Dadaxon Nuriy. Vijdon hayqiriqlari. Triptix-roman: Agar sen o‘zbegim bo‘lsang… Bizga yadro bombasi kerakmi? Tribunal. — Toshkent, 2018 Abdulla Qahhor millatimizni jismonan hamda ma’naviy majruh qilishga qaratilgan ikki ashaddiy yov – IChKILIK, shuningdek ona tilimizning KAMSITILIShI, “BUZILIShI”ga qarshi kurash olib borgan davomi…