Sohiba Hayitboyeva (1977)

Sohiba Hayitboyeva 1977 yil 12 fevralda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatida ishlagan. 2008 yildan beri Moskvada mustaqil jurnalist. SIZGA BAHORLARNI SOVG‘A QILAMAN Sizga bahorlarni sovg‘a qilaman Ikki dunyolarga tatirlik, davomi…

Gulandom Tog‘ayeva (1972)

Gulandom Tog‘ayeva 1972 yilning 1 yanvarida Surxondaryo viloyati, Denov (hozirgi Oltinsoy) tumanidagi Katta Vaxshivor qishlog‘ida tavallud topgan. 1989-94 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Keyingi yillarda “Chaqmoq xo‘rsiniqlari”(1995), “Muhabbat asri”(2004) kabi she’riy kitoblarim chop etilgan. 1999 yili “Shuhrat” davomi…

Jo‘rabek Ramazonov (1983-2014)

Jo‘rabek Ramazonov 1983 yil Surxondaryo viloyatining Boysun shahrida tug‘ilgan. Tumandagi 1-maktabda tahsil olgan. Ijod namunalari respublika matbuotida elon qilingan. O‘zbekiston yosh ijodkorlarining an’anaviy “Zomin” seminari ishtirokchisi. “Tavallo” (2003), “Bugun” (2008), “Yur, qochib ketamiz” (2011) nomli she’riy to‘plamlari nashr etilgan. “Boysun” davomi…

Hasanboy G‘oyib (1968)

Hasanboy G‘oyib 1968 yilning 1 yanvarida Tojikiston Respublikasi Tursunzoda (Regar) shaxrida tug‘ilgan. Hasanboy G‘oyibning 2001 yilda «Visol», 2002 yilda «Ruxim ranglari», 2004 yilda «Uyg‘onish fasli», 2007 yilda «Ko‘nglim gullari», 2012 yilda «Yurakning mahzun tunlari», «Hajrida kuyar ko‘ngil» nomli kitoblari chop davomi…

Behzod Fazliddin (1983)

Behzod Fazliddin 1983 yil 20 sentyabrda Namangan viloyati Chust tumanidagi Damobod qishlog‘ida tug‘ilgan. 2005 yili O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti bakalavrlik bosqichini, 2007 yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistraturasining xalqaro jurnalistika bo‘limini tamomlagan. «Muqaddas zamin» (1999), davomi…

Oydina Mumtoz

KUZ Lang ochib eshikni xazon oyiga, Xayrga qo‘l cho‘zar qizargan Avgust. Tuflisin botirib yomg‘ir loyiga, Qo‘lida soyabon, shoshib kelar kuz. Yomg‘ir mudroq yo‘lning yuzini yuvar, Daraxtlar bag‘riga bosar yaproqni. Bulutlar osmonda qora – izquvar, Kalendar yirtadi yozgi varaqni… Kuz… Zaminning davomi…

Fazliy

* * * Bosh egdim muhabbatga, men g‘arib bechoraman, Topgaydir meni albat yo‘lida ovoraman. Bilmagan der ul Majnun, ishqida devonaman, Izlab husniga doston mag‘ribga ravonaman. Hanuz yordin yo‘q xabar, o‘zimdan begonaman, Ilk muhabbat qasrida, tun shamga hamxonaman. Bergali tuhfa yorga davomi…


Maqolalar mundarijasi