Guljamol Asqarova (1978)

Guljamol Asqarova 1978 yilda Kattaqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Dil fasli”, “Uyg‘otuvchi alla”, “Oshiqlar tumori”, “Erkalik imtiyozi” singari kitoblari nashr etilgan. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasida faoliyat yuritadi. SOG‘INCh Judayam sog‘indim xushnud davomi…

Dilshod Rajab (1964)

Dilshod Rajab 1964 yili Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Filologiya fanlari nomzodi. «Otamning bog‘i», «Daryo ko‘ngil», «Jilvon o‘g‘loni», «Alifbo», «Sanoq», «Sukut sarhadi», “Tanish  tovushlar”, “O‘n  o‘rtoq” kabi kitoblar muallifi. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi. «Vaziyat» gazetasida bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi. BUXORO  QASIDASI davomi…

Nilufar Umarova (1972)

Nilufar Umarova 1972 yilda Qarshi tumanida tug‘ilgan. Qarshi Davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. “Orzulari bir dunyo ayollarning”, “Ko‘ngil rozi”, “Duogo‘y yomg‘ir”, “Xayol ko‘zlari” kabi kitoblar muallifi. Hozirda Qarshi Pedagogika kolleji o‘qituvchisi. O‘z­be­kiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi. * * * Bobom aytgan davomi…

Ikrom Iskandar (1972)

Ikrom Iskandar 1972 yilda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. “Oyning ichidagi olam”, “Bahorni izlayman”, “Yashil xirgoyi” she’riy to‘plamlari, “Bugungi naqllar” risolasi e’lon qilingan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. BIR SAHAR Bu gulshan ne yanglig‘ bog‘ edi, qaysiki, davomi…

Zebo Rahimova (1958)

Zebo Rahimova 1958 yili Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi O‘ris qishlog‘ida tavallud topgan. 1981 yil ToshDU (hozirgi O‘zMU) ning jurnalistika fakultetini tugatgan. Tuman gazetasida, kitobsevarlar jamiyatida, tuman radiosida, Qaynarbuloq qishloq fuqarolar yig‘inida, bir muddat respublika xotin-qizlar jurnali “Saodat”da ishlagan. * * davomi…

Orif Hoji (1966)

Orif Hoji 1966 yilning 22 martida tavallud topgan. O‘n yetti yoshdan bugungi kungacha Samarqand shahrida  yashaydi. Uning “Bandi ruh” (1994y.), “Ozod ruh” (1994y.), “Yangi ohanglar” (2001y.), “Samarqand sayqali” (2007y.), “Qirq hadis va bir rivoyat” (2008y.),  “Onalar oyog‘i ostida jannat” (2011y.),  davomi…


Maqolalar mundarijasi