Orif Tolib (1987)

Orif Tolib 1987 yilda Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidagi Qumbosti qishlog‘ida tug‘ilgan. 2009 yilda O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tugatgan. “Gulxan” jurnali va “Iste’molchi” gazetalarida ishlagan. Hozirda “Movarounnahr” nashriyotida bo‘lim muharriri lavozimida faoliyat yuritadi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan davomi…

Eshqobil Vali (1965)

Eshqobil Vali 1965 yilda Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Samarqand Davlat Universitida tahsil olgan. Hozirda SamDChTI jahon adabiyoti kafedrasi mudiri, «Xorijiy filologiya: til, adabiyot, ta’lim» ilmiy-uslubiy, adabiy-badiiy jurnalining mas’ul kotibi. Uning «Paxsa qishlog‘im» , «Ming ikkinchi kecha» , «Sukunat mulki» kabi kitoblari davomi…

Gulbahor Said G‘ani (1969)

Gulbahor Said G‘ani 1969 yilda tug‘ilgan. Filologiya fanlari nomzodi. U Qo‘qon Davlat pedagogika institutini tugallagan. Hozir shu institutda faoliyat olib boradi. Shoiraning “Yovvoyi ushshoq”, “Baribir baxtliman”, “Qo‘shig‘imni kutmoqda dunyo” nomli she’riy to‘plamlari nashr qilingan. Qo‘qon shahridagi  “Nihol” adabiy to‘garagi rahbari. davomi…

Abdulla Sher (1943)

Abdulla Sher (Sherov Abdulla) 1943 yil 5 avgustda Toshkent viloyatining Chinoz tumanida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1970). Ilk she’rlar to‘plami – «Ko‘klam tabassumi» (1973). Shundan keyin shoirning «Alyor» (1977), «Atirgul soyasi» (1979), «Roz» (1980), «Kuz hiloli» (1983), «Qadimgi kuy» davomi…

Zuhra Ochilova (1975)

Zuhra Ochilova 1975 yilda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Shoiraning “Moviy ifor” nomli kitobi nashr etilgan. TOMChIMAN Yaratiqning mujgonidagi Tomchisiman “men”liklar ichra. Tomchiman, agar tomchilasam Kurtaklanar novdalar qonib. Ranglanar o‘t, giyoh, chechaklar Yashillanar tomchimdan hayot. Suvlarda inadi jo‘shqinlik, Qiyofaga kirar davomi…

Muhammad Ismoil (1964)

Muhammad Ismoil 1964 yilda Sirdaryo viloyatining Xovos qo‘rg‘onida tug‘ilgan. O‘zMUning jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Shoirning “Tazarru saodati”, “Tasavvur chiziqlari”, “Ko‘ngil mulkiga safar”, “Sahroyi gullar”, “Siz hamon o‘shasiz”, “Sizni sevmay bo‘ladimi”, “Bahorning eng so‘nggi lolasi”, “Chiroylisan, tengi yo‘q”, “Ko‘ksimni kuydirgan alanga”, davomi…

Tursun Ali (1952)

Tursun Ali (O‘rmonov) 1952 yil 5 fevralda Farg‘ona viloyatining Quva tumani, Toshyo‘li qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (1981). «Yurakdagi so‘zlar» (1983), «Yorug‘ kunlar» (1985), «Iztirob ostonasi» (1992), «Tun tovushi» (1993), «Yolg‘izim» (1995), «Uyg‘oq sukunat» (1999), «Tuyg‘ular rangi» (Saylanma, 2001), davomi…


Maqolalar mundarijasi