Said Ahmad. Kechikkan sevgi… (hikoya)

Sekretar xotin barakning brezent eshigini ko‘tarib ichkariga kirdi. Ismoiljon tikka turganicha alyumin krujkadan labini cho‘chchaytirib qaynoq choy ho‘plardi. Sekretar stolga qog‘oz qo‘yib indamay chiqib ketayotgan edi, Ismoiljon uni to‘xtatdi.— Bu nima?— Bashoratning arizasi. Ishdan bo‘shatishingizny so‘rab yozibdi.— Nega o‘zi kirmadi?— davomi…

Said Ahmad. Gul haqida hikoyalar

Bir  tomchi  suv Nigora bir haftagina qishloqqa onasining oldiga borib keladigan bo‘lib qoldi. Eri komandirovkada. Uy Olg‘iz qoldi. Poyezdga chiqib endi chamadonni o‘rniga qo‘yayotganida birdan bo‘shashib ketdi.Tuvakdagi gulga suv quyish esidan chiqibdi-ku.Axir, Nigora uni qanday avaylardi. Kun ora suv quyib davomi…

Said Ahmad. Jajji hikoyalar

Tansiq Shahrimizga hali qirdan lola kelmagan edi.Keksalar to‘qson chiqdi-yu, oppon-soppon hali turibdi. Bitta qor o‘tsin undan keyin hamal kiradi, deyishardi.Ammo Chilonzor tomonda turadigan bir temiryo‘lchi juvon ochiq mashinada bir dasta lola ko‘tarib o‘tdi.Hammaning ko‘zi uning qo‘lidagi lolada. O‘tgan ham, ketgan davomi…

Said Ahmad. Sud (hikoya)

Sarguzasht I. Saraton kunlarining biridaSaratonning jazirasi avjga chiqqan, quyosh osmondan nur emas olov to‘kayotgandek.Yotoqda mendan boshqa hech kim yo‘q. Hamyotoqlarim salqin parklarda dars tayyorlagani, ba’zilari konsultatsiyaga ketishgan.Sal kamxarjroq bo‘lganimdan nonga kunim qolib, issiq yotoqda dimiqib dars tayyorlayapman, kunning issig‘i hatto davomi…

Said Ahmad. Xazina (hikoya)

«Hunarni asrabon netgumdir oxir, Olib tuproqqami ketgumdir oxir.Navoiy Hamrohim «Temir ko‘prik»da qo‘nib o‘tishimizga uncha ro‘yxush bermagan bo‘lsa ham, avtobusdan qo‘yarda-qo‘ymay olib tushdim.— Nima qilasiz vaqtni bekorga o‘tkazib, choy bo‘lsa Chimqo‘rg‘onda ichardik-da.— Bitta dutor eshitib ketaylik. Ajoyib bir mashshoq bor. «Tanavor»ni davomi…

Said Ahmad. Seni izlab (hikoya)

Sharafatga ota uyidan chiqib ketish oson bo‘lmadi. Bu ishning butun og‘irligini yo‘lning yarmiga yetganda sezdi. Ko‘cha muyulishigacha ergashib kelgan onasining ma’yus ko‘zlarini, ostonada boshini egib qolgan dadasini esladi-yu, qadami sekinlashgandek bo‘ldi. Bir nafasda uyi, hovlisi, chiqib kelayotganda miyovlab oyog‘iga suykalgan davomi…

Said Ahmad. Yer uyg‘ondi (hikoya)

Omontoyning bu yerda hali tanish-bilishlari yo‘q. Qo‘ziboyga suyanib qolgan. Ayniqsa yangi kelgan kunlari qilgan yaxshiliklarini o‘la-o‘lguncha esdan chiqarmaydi. Xotini Iltifotxonning o‘g‘ilchasi Tavakkaljondan ko‘ngli notinch edi. Omontoy bolaga raisning xotini Kokila qarab turganini aytib tinchlantirdi, chaqaloqqa yaxshi qarashini tayinlab, tug‘ruqxonadan xotirjam davomi…

Said Ahmad. Bo‘ston (hikoya)

Qo‘ziboy bundan uch kun avval otda keta turib shu o‘rikning novdasiga bo‘y cho‘zib qaraganda kurtaklar bo‘rtib qolgan edi. Endi bo‘lsa anor donasidek qip-qizil g‘unchalar paydo bo‘libdi. Otaboyning hovlisidagi bodom xuddi krepdeshin ko‘ylakni dorga yoyib qo‘ygandek chaman bo‘lib yotibdi. Birdan Qo‘ziboyning davomi…

Said Ahmad. Odam va bo‘ron (hikoya)

Kunduzi havo juda yaxshi edi. Kechasi bunaqa bo‘ron bo‘lishini kim bilibdi? Mo‘ylov, Besardan yukimni olib kelaman, deb mashina so‘raganda oftob charaqlab turgan edi-ya! O‘shanda mashina berib chakki qilgan ekan. Haligacha ko‘chada motor gurillamaydi. Qaytmabdi-da!Qo‘ziboy u yonboshidan-bu yonboshiga ag‘dariladi.Tashqarida bo‘ron quturgan. davomi…