Odil Yoqubov. Xol (etyud)

Rahmatli buvim ona tovuqqa o‘xshagan, nevara, evara, chevaralarini bag‘ridan chiqarmaydigan, mehribon, muloyim bir kampir edilar.U kishi yoshligida xushro‘y bo‘lganlar, ko‘zlari katta katta, labining ustida, burnining chap tomonida no‘xatdek qora xoli bor edi.Uzun qish kechalari biz buvimlarning boshidan kechirgan sarguzashtlarini, birinchi davomi…

Odil Yoqubov. «Aptartet» (etyud)

— To‘g‘ri aytasiz, xudo hazilga tushunmaydigan to‘porilardan saqlasin, uka. Men ham bir safar shunaqa to‘poriga yo‘liqib qolib, onamni Uchqo‘rg‘onda ko‘rayozganman!Xo‘jalikda brigadirman. Bir payt: «O‘rtoq Miltiqboyev degan yangi ijroqo‘m keldilar, hamma raislaru brigadirlar bilan shaxsan tanishmoqchilar» — degan xabar eshitdik.Bordik. Ijroqo‘mning davomi…

Odil Yoqubov. Tush (etyud)

Ilk hikoyalar yozib yurgan o‘smirlik chog‘larim. Qiziq voqealar o‘ylab topishga urinaman, chiroyli so‘zlar axtaraman… «Quyoshning oltin nurlari daraxt yaproqlarini zar bilan o‘radi, tubsiz osmonning moviy gumbazi mitti tilla sirg‘achalarga to‘ldi», kabi jimjimador jumlalar tuzaman. Bu tasvirlar o‘zimga yoqsa ham ko‘nglimning davomi…

Mirmuhsin. «Ona qabriga gul» (hikoya)

…Deraza pardalari osha keng, ko‘rkam xonaga tashlab qo‘yilgan qizil gilamlardagi oftob asta-sekin surilib, karavotdagi paryostiqchaga yetdi. Yumshoq to‘shakka cho‘kib, pishillab uxlab yotgan to‘rt yashar Erkin har gal mana shunday, oftob yuzlariga tushmaguncha uyg‘onmasdi.Ammo bugun tong otmasdanoq cho‘chib uyg‘onib ketdi. Yonidagi davomi…

Asqad Muxtor. Chodirxayol (hikoya)

Bu yerda hamisha shovullab tuproq to‘kilib turadi. Tepalik o‘yilgan joyda tikka devordan, belkuragu ketmondan, sho‘r bosgan yelkalardan, cho‘kich zarbidan, kajava zambillardan shitirlab to‘kilardi. Bu shovullash o‘n besh-yigirma yil naridan kelayotganday, bo‘g‘iq, doim bir maromda allalab eshitiladi.Tepalik o‘yilib, qo‘raday katta kovak davomi…

Asqad Muxtor. Fano va baqo (hikoya)

«Bo‘lmasa vasli mango, ikki jahonni na qilay»(Mashrab)«Yozganlarim bari — hayot va o‘lim haqida»(Edgar Po)«Ollohning va’dasi haq. Dunyoi-dun sizni hargiz aldab qo‘ymasin»(Qur’oni karimdan) Xotin kishi bilan ish bitgandan keyin odam behafsala bo‘lib qoladi. Xolxo‘ja buni ilgaritdan bilardi-yu, lekin bunaqangisi bo‘lgan emas. davomi…

Asqad Muxtor. Jinni (hikoya)

Saidumarni olti-etti yildan beri ko‘rganim yo‘q edi. Kabobxonada bir yarim soatcha o‘tirib, miriqib gaplashdik. Maktabdoshlardan biri qizini uzatnbdi, birining o‘g‘li askardan qaytibdi, falonchi bobo, joyi jannatdan bo‘lgur, o‘tgan yili kuzda tom bosib qazo qilibdi, falonchi kelinoyi bo‘lsa ikki bolasining ustiga… davomi…