Davron Hotam (1981)

Davron Hotam – 1981 yil Jalolobod viloyatida tug‘ilgan. 2004 yili O‘sh Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. Shavkat Rahmon nomidagi mukofot sohibi. O‘shda o‘tkazilgan yosh ijodkorlar seminarining g‘olibi. “Iqtidor” yoshlar gazetasining bosh muharriri. O‘shdagi O‘zbek gumanitar pedagogika fakultetida adabiyot fanidan dars davomi…

Mas’ud (1981)

Mas’ud Mahsudov 1981 yil 7 iyunda Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. Andijon Muhandislik Iqtisodiyot Instituti va Toshkent Iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Hozirda, shu dargohda ilmiy ish olib bormoqda. UZOQ BIR NUQTAGA… Uzoq bir nuqtaga termulgancha jim Mo‘ysafid nogahon ko‘zlarin yoshlar… “Zamon davomi…

Komil Majid (1980)

Komil Majid (Komiljon Abdumajid o‘g‘li) 1980 yil 10 iyunda Jizzax viloyati Baxmal tumani Qoraqishloq qishlog‘ida tug‘ilgan. She’rlari “Sharq yulduzi” , “Yoshlik” jurnallari va boshqa markaziy gazetalarda chop etilgan. Birinchi she’ri 2002 yil “Ma’rifat” gazetasida chop etilgan. Ilk kitobi – “Yonayotgan davomi…

Umid Ali (1978)

Umid Ali 1978 yili Samarqand viloyati Samarqand tumanida tug‘ilgan. 2001 yili Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan. 2001-2003 yillarda tumandagi 23-o‘rta maktabda ona tili va adabiyot o‘qituvchisi, 2003-2012 yillar mobaynida «Bekajon» gazetasida musahhih, muxbir, bo‘lim mudiri, davomi…

G‘ayrat Majid (1976)

G‘ayrat Majid 1976 yil, 14 yanvarda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Xo‘jailmkoni qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Ayni damlarda u “Yoshlar” teleradiokanalida xizmat qiladi. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi. G‘ayrat Majidning nashr etilgan kitoblari ro‘yxati: 1. “Gul sanam” davomi…

Nodir Jonuzoq (1976)

O‘ZIM HAQIMDA Men 1976 yilning 14 martida Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanidagi “Kildon” fuqarolar yig‘iniga qarashli Sartyuzi qishlog‘ida tug‘ilganman. Qishlog‘imiz kichkina bo‘lib, o‘sha paytlari tabiiy gaz, toza ichimlik suvi bormagan, 20-25 chog‘li xonadon uchta hovuz suvidan foydalanar edi. O‘sha hovuzlardan biri davomi…

Alisher Nazar (1976)

Alisher Nazar 1976 yili Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. 1998 yili Xalqaro Gumanitar akademiyasini tamomlagan. “Bizga atalgan tonglar” she’riy majmuasi (1999) va “Xolislik ehtiyoji” publitsistik to‘plami (2012) chop etilgan. Ayni paytda “Yoshlik” jurnalining she’riyat bo‘limi mudiri lavozimida xizmat qilmoqda. OJIZ davomi…

Botirjon Ergashev (1975)

Botirjon Ergashev Yo‘ldoshali o‘g‘li 1975 yil 12 dekabrda Farg‘ona viloyati, Beshariq tumanidagi Qashqar qishlog‘ida tug‘ilgan. Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat San’at institutini tamomlagan. Hozirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi bo‘lib ishlab kelmoqda. GAR NOLISAK… Zulmat ichra o‘tar mening tunu-kunim Men davomi…

Dilfuza Komil (1975)

Dilfuza Komil 1975 yili Namanganda tug‘ilgan. Namangan davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. “Asotir”, “Ko‘kdan kelgan ko‘ngil” to‘plamlari muallifi. “Ma’rifat gulshani” gazetasida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. * * * Qish yig‘laydi bag‘rim bahorlarida, Bahor dilga sog‘inch suratin solar. Izingizda ezgin qolgan davomi…


Maqolalar mundarijasi