Nabi Jaloliddin. Xudobexabar (hikoya)

Meni samo tushungaydir,Sen, ey inson, tushunmaysan.Muhammad Yusuf -Ha, Xudo yo‘q! -deb yubordi u qo‘qqisdan ovoz chiqarib.So‘ng qulog‘iga bir sukunat urildi. Haligina hammayoqni «visir-visir»ga o‘xshash yengil shovqin qamrab turganidi-ku. Aytganday, sinfxonadaydi-a. Ko‘z oldidagi xira parda ko‘tarilib, ro‘parasida o‘n besh chog‘li bola davomi…

Nabi Jaloliddin. Vatan (hikoya)

«Ey-y!..» dedi-da, kichkinagina xitoyi televizorining simini elektrdan uzib, beozor zarda bilan tashqariga yo‘naldi: «Vatandi kuni senlarga qomay o‘lsin, dardingga uraylar!..» Ostonadan hatlab, meva-chevayu ekinlarga to‘la hovlisiga beixtiyor tikilib, turib qoldi. Serbarg mevali daraxtlar jimirlab, yaltiraydi – bu oftobning tafti balandligidan davomi…

Nabi Jaloliddin. Mustaqillik (hikoya)

Sulton buva olamdan o‘tdi.Qishloqning ustunlaridan edi. Choponining yag‘rini quyoshda oqshaygandi. U o‘tirgan joydan o‘tgan ulovlar to‘xtashga, ulovdorlar esa yerga tushishga majbur bo‘lardilar. qoyaning salobatu soyasi bor edi cholda. Bir umr dalada tabelchi, brigadir, hosilot bo‘lib ishlagandi, yer tilini bilardi.Betob edi, davomi…

Nabi Jaloliddin. Yurak (hikoya)

Uyg‘ondi. Shifti pastak (unga shunday tuyuldi), devorlari oppoq (aslida hozir xira oqish) xona ko‘zlariga kirdi. Qiziq, o‘yladi u, tong otdimi o‘zi? Nega tongni sezmayapti? Quyosh qani? Osmon qani? Ustidagi choyshabni surib tashladi. Havo ham g‘alati. Ostidagi bilqillama joy endi tanasiga davomi…

Nabi Jaloliddin. Vokzal (hikoya)

-Ehtiyot bo‘ling, birinchi yo‘ldan «Nukus-Toshkent» poyezdi kirib kelmoqda!U cho‘chib  uyg‘ondi va ko‘zlarini xiyol ochdi. Nigohiga eng avvalo urilgan narsa shu bo‘ldi: oldingi qatorda bozorchi xotinlar ko‘tarib yuradigan katta-katta ikkita yuk sumkasiga boshini qo‘yib, yonboshlagancha o‘tirgan odamning, aslida unga ko‘rinmagan, (yonbosh davomi…

Hojiakbar Shayxov. Mutamax (hikoya)

Miriqib xurrak otayotgan general Najot Olloyor o‘ng tomonidagi yaltiroq javonchaga qo‘yilgan qirmizi telefonning asabiy jiringidan uyg‘onib ketdi. Derazadan oppoq tong mo‘ralay boshlagan, xonaga subhidamning kumush yog‘dulari bamisoli shaffof shaloladay oqib kirayotgan edi. General aftini tirishtirib, o‘lganining kunidan dastakni qulog‘iga tutdi-da, davomi…

Norto‘xta Qilich. Oshiqdara tutqunlari (hikoya)

Uyqusi buzildi. Ko‘zlarini ochmadi, lekin negadir bemahalda uyg‘onganiga taajjublandi… Shu asnoda allaqanday anglab bo‘lmas tovushlar qulog‘iga chalina boshladi, kimlardir uvvos solib yig‘layotgandekmi-ey, kimlardir qahqaha urib kulayotgandegu, tag‘in kimlardir tinmay balabonu surnay chalayotgandekmi-ey!..Ko‘zlarini ochmay, battar taajjublandi.… qiziq, tush ko‘rayapmanmi-yo? Uyg‘oq holda-ya!.. davomi…