Ma’ruf Jalil (1936-2004)

Ma’ruf Jalil 1936 yil 10 oktyabrda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Payshanba shaharchasida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan (1966). «Men sizni sevardim», «Rahmat, odamlar» (1970), «Seni o‘ylab» (1973), «Notanish yo‘llar» (1976), «Qo‘shiq ishtiyoqi» (1979), «Men suv ichgan daryolar» (1981), «Parizodim» (1984), davomi…

Erkin Samandar (1935-2024)

Erkin Samandar 1935 yili Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi Navxos qishlog‘ida tug‘ilgan. Xorazm Davlat pedagogika oliy bilimgohini tugatgan. Xorazm viloyatining nohiya ro‘znomalarida, «Xorazm haqiqati» ro‘znomasida, «Yoshlik» hamda O‘zbekiston radiotelevideniyesi adabiy-dramatik ko‘rsatuvlari bo‘lim boshlig‘i, Respublika Vazirlar mahkamasi raisnning o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritdi. davomi…

Oxunjon Hakim (1935)

Oxunjon Hakim 1935 yil 20 fevralda Farg‘ona viloyatining Log‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (2006). Farg‘ona davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan (1956). «Dostonlar» (1970), «Ko‘llarim ko‘ksimda» (1976), «Tafakkur boqiy» (1982), «Vatan qasidasi» (1984), «O‘shal kun kelur» davomi…

Husniddin Sharipov (1933-2015)

Husniddin Sharipov 1933 yil 10 fevralda Pop shahrida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1983). Toshkent qishloq xo‘jalik institutining o‘rmon-melioratsiya fakultetini tugatgan (1949— 54). Dastlabki she’riy to‘plami — «Nihol» (1956). «Ko‘ngil buyurgani» (1961), «Quyoshta oshiqman» (1963), «Tuproqqa qasida» (1965), «Lirika» davomi…


Maqolalar mundarijasi