Xursandbek To‘liboyev (1985)

Xursandbek To‘liboyev 1985 yilda tug‘ilgan. Berdaq nomidagi QDUning o‘zbek filologiyasi fakultetini bitirgan. Ajiniyoz nomidagi NDPI magistratura bo‘limida tahsil olgan. Alisher Navoiy nomidagi SamDU aspiranti. Ijodiy ishlari “Amudaryo haqiqati”, “Yoshlik”, “Sharq yulduzi” gazeta-jurnallarida e’lon qilingan. O‘ttizga yaqin ilmiy-publitsistik maqolalar muallifi. “Adabiy davomi…

Robiddin Ishoqov (1927-1989)

Robiddin Ishoqov 1927 yilda tug‘ilgan. Farg‘ona Davlat pedagogika institutini tamomlagan. “Qo‘shiq yo‘ldosh yurgan yo‘limda”, “Oyga remont tusharmish”, “Hayqiriq”, “Yuz g‘azal”, “Quvnoq lahzalar”, “O‘ng‘or nafasi” kabi qator kitoblari chop etilgan. 1989 yilda vafot etgan. KENGLIKLAR Kengliklarga parvoz qil qalbim, Kengliklarda keng davomi…

Zokirjon Mamajonov (1972)

Zokirjon Mamajonov 1972 yilda tug‘ilgan. Andijon Davlat universiteti filologiya fakultetida o‘qigan. 1999 yilda Shahrisabzda bo‘lib o‘tgan ijodkor o‘qituvchilar anjumani ishtirokchisi. She’rlari matbuot sahifalarida hamda “Talaba taronasi”, “Inson va sham”, “Muborak damlar” to‘plamlarida e’lon qilingan. Ilk she’riy to‘plami “Sog‘inch” nomi bilan davomi…

Baxshulla Rajab (1950)

Baxshulla Rajab 1950 yilda tug‘ilgan. Buxoro pedagogika institutining (hozirgi BuxDU) filologiya fakultetini tugatgan. Shoirning “Xayolimda yulduzlar”, “Rangin chaqmoqlar”, “Yurakka sig‘magan dunyo”, “Sog‘inch suratlari”, “Tong tarovati”, “Orzularning oydin osmoni”, “Gullayotgan O‘zbekiston bu” kitoblari nashr etilgan. “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. ShARShARALAR davomi…

Ortiqjon Jo‘rayev (1944)

Ortiqjon Jo‘rayev 1944 yilda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida tavallud topgan. Ko‘pdan buyon badiiy ijod bilan shug‘ullanib keladi. Shoirning “Cho‘l farzandiman”, “Buyuk karvon izidan”, “Yillar tuyg‘usi”, “Yuksak yulduzlar jilosi”, “Nur yo‘li”, “Shu kunlar umidi”, “Chaman ichra chamanga yo‘l”, “Gul bo‘yi”, “Marvaridlar davomi…

Mahliyo Umrzoqova (1990)

Mahliyo Umrzoqova 1990 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Toshkent Gidrometeorologiya kasb-hunar kolleji o‘quvchisi. BAHOR Olis o‘lkalardan shivirlagan tush, Butun vujudimni chulg‘aydi xayol. Bahor nafasidan ko‘ngillar sarxush, Go‘yoki yasangan tannoz bir ayol. Tiniq osmoningda yayraydi qushlar, Toshqin anhorlarda oqadi shodlik. Sening quchog‘ingda davomi…

Oydin Temirova (1966)

Oydin Temirova 1966 yilda tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Uning “Qalbimga yaqinsan”, “Sog‘inch mamlakati”, “Otamning uyi” she’riy kitoblari nashr etilgan. * * * Surat, surat, nega sen tilsiz?   Mirtemir Nega gapirmaysan, kulmaysan, surat, Bag‘rimga nashtarday botar ko‘zlaring? davomi…

Barot Isroil (1938)

Barot Isroil 1938 yilda tug‘ilgan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini (hozirgi TDPU) tamomlagan. “Boychechak”, “Nay navosi”, “Sufhidam”, “Ona yer atri” kitoblari, “Onaizor” roman-essesi nashr etilgan. UMRIMNING TO‘RT FASLI To‘rtliklar ShARAF Elu elat, Vatanga xizmat qilish sharafdir, Yurtdan ayru tushganning davomi…

Bashorat Omonova (1964)

Bashorat Omonova 1964 yili tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olgan. “O‘n olti yosh iztiroblari” nomli hikoyalar to‘plami chop etilgan. QIShLOQ Qishloq bolaligim o‘tgan adirlar, Sog‘indim shekilli iforingizni, Ariqlar bo‘yida o‘sgan yalpizlar, Shiviri tutgandek xumorimizni. Yolg‘iz chinor. Ana undan davomi…


Maqolalar mundarijasi