Narimon Hasanzoda (1931)

Narimon Alimammad o‘g‘li Hasanzoda (Nəriman Həsənzadə) 1931 yilda Ozarboyjonning Qazax tumanida tug‘ilgan. 1949—1953 yillarda H.Zardobi nomli Ganja Davlat pedagogika institutining til va adabiyot fakultetida tahsil olgan. So‘ng Moskvada Adabiyot institutida tahsilini oxiriga yetkazgan. 1965 yilda filologiya fanlari nomzodi bo‘ldi. 1978—1991 davomi…

Xalil Rizo (1932-1994)

Xalil Rizo Uluturk (Xəlil Rza Ulutürk) Ozarboyjon xalq shoiri, atoqli millatparvar shoir, mohir tarjimon, Ozarboyjon-o‘zbsk adabiy aloqalariga ulkan hissa qo‘shgan olim. Salyan tumanida tug‘ilgan, o‘rta maktabni, so‘ngra Boku Davlat universiteti filologiya fakultetini bitirgan (1954). Matbuotda ishlagan, Moskvadagi Jahon adabiyoti instituti davomi…

Voqif Samado‘g‘li (1939-2015)

Ozarboyjon xalq shoiri Voqif Samad o‘g‘li (Vaqif Səmədoğlu) 1939 yilda Boku shahrida tug‘ilgan. Taniqli Ozarboyjon shoiri Samad Vurg‘unning o‘g‘li. Moskva konservatoriyasida tahsil olgan. 1961— 1971 yillarda Ozarboyjon davlat konservatoriyasida fortapiano fanidan dars bergan, so‘ng Ozarboyjon Entsiklopediyasida bo‘lim mudiri, “Ozarboyjonfilm” kinostudiyasida davomi…

Samad Vurg‘un (1906-1956)

Samad Vurg‘un (taxallusi; asl ism-sharifi Samad Yusuf o‘g‘li Vekilov – Səməd Vurğun) (1906.12.5, Yuxari Salaxli qishlog‘i — 1956.27.5, Boku) — ozarbayjon shoiri, dramaturg va jamoat arbobi. Ozarbayjon xalq shoiri (1955), Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1943). Ozarbayjon Fanlar akademiyasi akademigi. davomi…

Rustam Behrudiy (1957)

Almammadov Rustam Hidoyat o‘g‘li (Rüstəm Behrudi) 1957 yilda O‘rdubod tumanining Behrud qishlog‘ida tug‘ilgan. 1979 yilda Naxchivon davlat pedagogika institutining tarix-adabiyot fakultetini tamomlagan. Oldin maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, keyin “Yozuvchi” nashriyotida kichik muharrir, muharrir bo‘lgan, 1990 yildan “Ozarboyjon” gazetasida bo‘lim mudiri. davomi…

Ramiz Ravshan (1946)

Ravshan Ramiz Mammadali o‘g‘li (Ramiz Rövşən) 1946 yil 15 dekabrda Boku shahrida tug‘ilgan. 1969 yilda Ozarboyjon Davlat universitetini, 1978 yilda Moskva Oliy stsenariy kurslarini tamomladi. “Ozarboyjonfilm” kinostudiyasida, “Mo‘zalan” satirik kinojurnalida muharrir, kinostudiya Bosh muharriri bo‘lib ishlagan. 1992 yildan Ozarboyjon Tarjima davomi…

Nizomiy Ganjaviy (1141-1209)

Nizomiy Ganjaviy (taxallusi; asl ism-sharifi Abumuhammad Ilyos ibn Yusuf ibn Zakiy Muayyad – Nizami Gəncəvi) (1141 — Ganja shahri, Ozarbayjon — 1209.12.3) — ozarbayjon shoiri va ma’rifatparvari. Ota-bobolari Eronning Qum shahridan bo‘lib, onasi (Ganja atrofidagi qishloqlardagi) kurd sarkardalaridan birining qizi davomi…

Mikoyil Mushfiq (1908-1939)

Asli ismi Mirzo Abdul qodir o‘g‘li Ismoilzoda bo‘lgan Mushfiq (Mikayıl Müşfiq) Boku shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Otasi she’rlar yozgan. Mushfiq bir yarim oyligida onasidan, olti yasharligida otasidan yetim qoladi. Hayot mashaqqatlarini kichikligidan tortadi. Buvisi Qizhayit bibidan ertak, qo‘shiq va bayotlar davomi…

Aliakbar Sobir (1862-1911)

Sobir (taxallusi; asl ism-sharifi Mirza Alekper Toirzoda – Mirzə Ələkbər Sabir) [1862. 19(31).5, Shemaxa sh. 1911.12(25).7] ozarbayjon shoiri. Shoir Sayd Azim Shirvoniy ochgan yangi usul maktabida o‘qib, uning ta’sirida she’rlar yoza boshlagan. Ijodining dastlabki davrida ishqiy g‘azallar yozgan. 1906 yilda davomi…

Mirza Fatali Oxundov (1812-1878)

Oxundov Mirza Fatali (Mirzə Fətəli Axundov) [1812.30.6, Sheki (hoz. Nuxa) – 1878.26.2, Tiflis] — ozarbayjon yozuvchisi, ma’rifatparvari va faylasuf. «Pushkin o‘limiga sharq dostoni» (1837) asari A.S.Pushkinga bag‘ishlangan. «Pushkinning o‘limi Rossiyada Lermontovni, Kavkazda Oxundovni uyg‘otdi» degan ibora shu asardan keyin paydo davomi…


Maqolalar mundarijasi