Oshiq Abbos Tufarganli (XVI-XVII asrlar)

Oshiq Abbos Tufarganli (Aşıq Abbas Tufarqanlı) – XVI-XVII asrlarda yashab, ijod qilgan ozarbayjon shoiri. She’rlarida “Qul”, “Shikasta”, “Bekas” taxalluslaridan foydalangan. Oshiq Abbos Tufarganli Janubiy Ozarbayjonda yashagan. Uning nomi bilan bog‘liq “Abbos-Gulgaz” dostoni ham Ozarbayjon folklorining qiymatli asarlaridandir. * * * davomi…

Elchin Iskandarzoda (1964)

Elchin Iskandarzoda (Elçin İsgəndərzadə) 1964 yil 16 sentyabrda Ozarbayjonning Shusha shahrida tug‘ilgan. 1986 yilda Ozarbayjon Texnika universitetining Mexanika fakultetini imtiyozli tugatgan. U Texnika fanlari doktori, professor. Xalqaro Eko-energiya akademiyasi (2000), Nyu-York fanlar akademiyasi (2002), Kavkaz xalqlari fanlar akademiyasi (2003), Rossiya davomi…

Shoh Ismoil Xatoiy (1486-1524)

Ozarbayjon mumtoz adabiyotning atoqli namoyandalari orasida Shoh Ismoil Xatoiyning (Şah İsmayıl Xətai) munosib o‘rni bor. Ozarbayjon safaviylar davlatining bunyodkori sifatida shuhrat qozongan Shoh Ismoilning siyosiy faoliyati, madaniyatni ravnaq topdirish sohasidagi xizmatlari uning badiiy ijodi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shoh Ismoil 1486 davomi…

Muhammad Fuzuliy (1498-1556)

Muhammad Sulaymon  Fuzuliy (Məhəmməd Füzuli) (1498 Karbalo sh., Iroq – 1556) — ozarbayjon shoiri va mutafakkiri. Ozarbayjon, fors va arab tillarida ijod qilgan. Otasi Bayot kabilasidan bo‘lib, 15-asr oxirlarida Ozarbayjondan Bag‘dodga ko‘chib borgan. Bag‘dod madrasalarida tahsil olib, o‘zi ham mudarrislik davomi…

Mirza Hasan Qorabog‘iy (1841-1904)

Mirza Hasan Qorabog‘iy (Mirzə Həsən Yüzbaşov-Qarabaği) XIX asrning ikkinchi yarmida Ozarbayjonning Qorabog‘ viloyatiga qarashli Shusha shahrida yashab, ijod etgan. Bu dilbar shoir Fuzuliy va Navoiyni birdek o‘ziga ustoz deb bilgan. Uning ijodiy merosida Navoiy va Bobur she’riyatining ohanglarini ilg‘ash u davomi…

Shohin Qodirov (1969)

Shohin Qodirov (Qədirov Şahin Kərim oğlu) 1969 yilda Lochin tumanida tug‘ilgan. 1989 yilda harbiy xizmatni o‘tagan. Birinchi Qorabog‘ urushi qatnashchisi. 1990 yildan davriy matbuotda chiqishlar qila boshlagan. Ixtisosi filolog-psixolog. Psixologlar assotsiyasining a’zosi. Ozarbayjonda va chet ellarda o‘tkazilgan qator adabiy-badiiy musobaqalarda davomi…

Islom Turkoy (1950)

Ahmadov Islom Haftik o‘g‘li (Islom Turkoy – Islam Türkay) 1950 yilda Qazax tumanining Temirchilar qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagach, Sumgait kimyo zavodida ishlay boshlagan. 1977 yilda Ozarbayjon davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Yozuvchi” nashriyotida kichik muharrir, 1983 yildan muharrir vazifasida davomi…

Dilso‘z Mustafoyev (1945)

Dilso‘z (Dilsuz Murtaza oğlu Mustafayev) – ozarbayjon shoiri, tarjimon. 1985 yildan Ozarbayjon yozuvchilar ittifoqi a’zosi. DUNYo, SENDA NASIBAM BOR Dunyo, senda nasibam bor: Olajakman erta-kech. Eng avvalo bir yurt istayman – Tunlari sut bersin yig‘lagan go‘daklarga, Shamollar esganida bayroqlari sochilsin. davomi…

Alihasan Shirvonli

Alihasan Sodiq o‘g‘li Shirvonli (Əlihəsən Sadiq oğlu Şirvanlı) – shoir, tarjimon. O‘ZBEK DO‘STIMGA Gullarga burkanar cho‘llar har yoni… Mevali bog‘laring bilmas nihoya. Kiyintirmoq uchun butun dunyoni, Sen ekkan paxtaning o‘zi kifoya. Sakkokiy yangratdi she’riy san’atni, Qalamidan uchdi o‘tli g‘azallar. Lutfiy davomi…


Maqolalar mundarijasi