Ravshan Fayz (1959-1995)

Ravshan Fayz 1959 yil 1 yanvarda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi Ko‘ralos qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan (1986). «Uxlayotgan odam» (1989), «Tashrif» (1990), «Kel, ey ko‘nglim» (1997) kabi asarlari nashr etilgan. «Men shamolni tutvoldim» (1992) she’riy to‘plami bolalarga bag‘ishlangan. davomi…

Zulfiya Mo‘minova (1959)

Zulfiya Mo‘minova 1959 yil 15 iyulda Samarqand viloyatining Narpay tumanida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (1985). Dastlabki she’riy to‘plami — «Vatan tashlab ketmaydi» (1888). Shundan so‘ng shoiraning «Beshiklarni asragin, dunyo» (1988), «Yonayotgan ayol» (1993), «Azizim, baxtiyorman» (1997) kabi she’riy to‘plamlari davomi…

Baxtiyor Genjamurod (1959)

Baxtiyor Genjamurod 1959 yil 11 mayda Qorakalpog‘istonning Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan. Berdaq nomidagi Qorakalpoq davlat universitetini tamomlagan (1985). «Oftobning umri» (1987), «Saraton» (1990), «O‘q qadalgan oy» (1997) she’riy to‘plamlari qorakdlpok, tilida, «O‘kuzdaryo bitiklari», «Made xon so‘zi yoxud Chin ipagidagi bitik» (2006) davomi…

G‘ulom Egamshukur (1959)

G‘ulom Egamshukur 1959 yil 15 yanvarda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1981). Dastlabki she’riy to‘plami — «Quyoshning hidi» (1997). «Ruh anatomiyasi», «Mangu armon», «Ko‘rinmas maydon» (2007) kabi she’riy to‘plamlar va dramatik dostonlar muallifi. «Quyoshga suyangan odam» davomi…

Asqar Mahkam (1958-2007)

Asqar Maxkam 1958 yil 27 noyabrda Tojikistonning Kofarnihon tumanida tug‘ilgan. Xo‘jand davlat pedagogika institutini tamomlagan (1981). «Navro‘z» (1988), «Tazarru» (1982), «Tavajjuh», «Ishq» (1994), «Ibodat» (1993), «Haq» (1998), «Analxaq», «Tabriz daftari», «Oqkitob» (2003) kabi asarlari nashr etilgan. «Avesto», Xoja Abdulloh Ansoriyning davomi…

Sirojiddin Sayyid (1958)

Sirojiddin Sayyid 1958 yil, 30 oktyabrda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi Kundajuvoz qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (2006). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1979). Ilk she’rlar to‘plami — «Ruhim xaritasi» (1985). Shundan keyin uning «Salqin xarsanglar kaftida» (1987), «Sevgi mamlakati» (1989), «Asragil», davomi…

Yahyo Tog‘a (1957)

Yahyo Tog‘a 1957 yil 20 yanvarda Toshkent viloyatining Ko‘rg‘oncha («Yulduz») qishlog‘ida tug‘ilgan. Moskvadagi Oliy Adabiyot kursini tamomlagan (1991). «Ko‘klam qaldirg‘ochlari» (1988), «Qafasdagi burgut» (1989), «Tasalli» (1994), «Kuyla, hofiz» (2004) kabi she’riy kitoblari chop etilgan. SOG‘INCh G‘unchagamu gulga parvona Qush tilida davomi…

Chori Avaz (1957-1992)

Chori Avaz 1957 yil 11 dekabrda Qashkadaryo viloyatining G‘uzor tumanida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (1985). «Hayotiylik chog‘ida», «Tortilgan kamon», «Uyg‘onishdan o‘zga tole izlama», «Kuz ertasi» (1992), «Saylanma» (2003) kabi asarlari nashr etilgan. Fin eposi «Kalevala»ni hamda I.Takuboku, R. Akutagava davomi…

O‘roz Haydar (1957)

O‘roz Haydar 1957 yilning 8 aprelda Qashqadaryo viloyatini Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. ToshDU (hozirgi O‘zMU) geografiya fakultetining quruqlik gidrologiyasi bo‘limini tugatgan. Shoirning ilk to‘plami “Quyosh o‘tovi” deb nomlanib, 1984 yilda chop etilgan. “Kuylovchi toshlar” (1990), “Musiqor” (1993), “Hazilkash qish” (1997), “Oq davomi…

To‘ra Mirzo (1956)

To‘ra Mirzo (To‘ramirza Jabborali Dadamirzo o‘g‘li) 1956 yili Namangan viloyati, Chortoq tumanidagi Peshko‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent san’at institutining teatrshunoslik bo‘limini tugatgan (1979). Birinchi she’rlar to‘plami — «Maysalar xayqirig‘i» (1983). «Go‘ro‘g‘lining belanchagi», «Tonggi maktublar», «Kulgixona», «Amir Temur vasiyati», davomi…


Maqolalar mundarijasi