Said Ahmad. Karnay (hajviya)

Muzeyni tomosha qilgani kelganlar «Muzey berk, remont» degan yozuvni o‘qib, qaytib ketaverishardi. Ammo soqoli ko‘ksiga tushgan, ikki lunji filning qulog‘iga o‘xshab osilgan bir chol eshikni ochasan, kirib karnayimni ko‘raman, deb ikki oyog‘ini bir etikka tiqib turib oldi. Qorovul tushuntirsa ham davomi…

Said Ahmad. Bo‘ri ovi (hajviya)

I Javlonbek rayon markaziga yetganda tong yorishib, ko‘chalar gavjum bo‘lib qolgandi. Budka oldini supurayotgan cho‘tkachi Mullaqand tuyoq tovushini eshitib qaddini rostladi.— Bahay, aka Javlun? Sutra kujo rafte? Ibi, sabil echkini qayga olib ketobsiz. E, tushindim, tushindim, sluchkagame? Bo sizga yak davomi…

Said Ahmad. Hech kim va hech narsa unutilmaydi (hajviya)

(Yodgorlik) Turdivoyni do‘stlari orqavarotdan Turdi Ilimiliq deb atashardi. Bunday deyishlariga sabab, gap-gashtaklarda uning bor-yo‘qligi bilinmasligida edi. Hech qachon, hech qayerda, palon so‘zni Turdivoy aytgan, degan gap bo‘lgan emas. O‘zi to‘nggina, gapi sovuqqina edi. Jo‘ralari jononlardan gaplashayotganlarida bir chekkada, o‘likdekkina bo‘lib davomi…

Said Ahmad. Tonggi tovushlar (hajviya)

(Lirik manzara) Oltinchi kvartaldagi to‘qqiz qavatli uyga odamlar ko‘chib kela boshlashdi. Birov itini yetaklab, birov mushugini ko‘tarib keldi.Sakkizinchi qavat balkoniga yangi qo‘shni to‘rqovoq ilib qo‘ydi. Shu kecha bedana uch marta sayradi. Ko‘pdan bu tovushni unutgan kishilar qandaydir hayajon bilan balkonga davomi…

Said Ahmad. «Oq uy» (hajviya)

Atrofi kungira panjaralar bilan o‘ralgan uch qavatli bu uyni mikrorayondagilar «Oq uy» deb atashardi. Unda obkom va gorkom xodimlari yashaydilar. Faqat pastdagi ikki xonali uy semon zavodining ishchisi, jindek-jindek otib, shiringina kayf qilib yuradigan, bir etak bolaning otasi Qodirjon akaga davomi…

Said Ahmad. Mullajon (hajviya)

Kap-katta odam ko‘pchilikning o‘rtasida «ho‘ng-ho‘ng» yig‘lasa, juda xunuk bo‘lar ekan.— Qo‘ying, Mullajon, astoydil sevsa, qaytib keladi. Mullajon tasalli berayotgan kishiga qarab, nimadirdemoqchi bo‘ldi, ammo o‘pkasi to‘lib, tomog‘idan gap o‘tmay entikdi, mo‘ylovining ko‘z yoshidan ho‘l bo‘lmay qolgan bir uchi sal-pal qimirladi.— davomi…

Said Ahmad. Tovuq tilini biladigan odam (hajviya)

Boqqaningga yarasha tovuq o‘lgur kunda tug‘sa-da. Don cho‘qishiga qaraganda, kuniga ikkitadan gug‘adiganga o‘xshaydi. Qaqolashi dunyoni buzadi. Har qaqolaganida qo‘ni-qo‘shnilarga eshittirib, hozir tuxum tug‘aman, tuxumimni ko‘rib yoqalaringni ushlaysizlar, degandek hurpayib somonxonaga kirib ketadi. Shu kirib ketganicha gor-shovda o‘tirgan boladek ko‘zlarini javdiratib davomi…

Said Ahmad. Olqindi (hajviya)

Ko‘zoynagining bir poyi darz ketgan bu odamni ilgarilari ham bir-ikki ko‘rganman. U, doimo NEP davridan qolgan qo‘sh qulfli portfel qo‘ltiqlab yurardi. Basharasi lazarimda muhri o‘chib ketgan sovunga o‘xshardi. Uni ko‘pincha redaktsiya koridorlarida, pochta qutilarining yonida ko‘rardim. O‘zi kim, nima tirikchilik davomi…