Anvar Obidjon. Shiliqabiliq (hajviya)

Ikki qo‘lini bog‘kursi suyanchig‘iga yarador turnaning qanotlaridek yoyib olgan domla So‘zpardoziy qarshisidagi Ulug‘bek haykaliga tuyalanib tikilganicha miq etmay o‘tirar, daholik talashayotganga o‘xshardi. Lug‘atxo‘jayev esa, keng olachipor kostyumi ichida tovuqdek potranib, hanuz bidir-bidir qilishda davom etardi:– Keyingi oylarda yuz xil lug‘at davomi…

Anvar Obidjon. Serkaxonim (hajviya)

– Serka! Va-ey, Serka!Do‘qi polvon shu kunlar uchinchi bolaga bo‘g‘oz qaynisinglisi erga tekkanida undirgan shoyi ko‘ylagini dushman bayrog‘idek tutamlaginicha tomorqaga larzanglab kirib keldi. U goh og‘ilxonaga mo‘ralar, goh tandir tomonga bo‘ylanar, tinmay tomoq yirtib, xotinini chorlardi. Ko‘krakka urib qolgan juvarizor davomi…

Anvar Obidjon. Xorij radiosi va … kalish (hajviya)

Pul almashtirilayotgan bonkani eslatuvchi tiqin bekatda «Frunzening haykalini-ku majaqlashdi, lekin tagidagi otda nima ayb?» – degan mulohazani kallada ezg‘ilab turuvdimki, yelkamga «shap» etib tushgan qo‘l xayolimni bo‘ldi. Og‘zida pivaning qoldig‘i ko‘pirayotgan ayvonpeshana banda meni o‘ziga o‘girib, ko‘zimga sho‘ng‘ishga intildi:– Kalishimni davomi…

Anvar Obidjon. Ziyolicha olishuv (hajviya)

Hasharot uchsa, qanoti bo‘ksib yiqiladigan g‘ira-shira tong edi. Jig‘ildoniga mix tiqilgan qo‘ydek uvatda «xir-xir»lab tipirchilayotgan Parriq ming‘i cho‘chib uyg‘ondi-yu, yonginasida yonboshlab yotgan Mamashotining baqrayma ko‘zidan battar shaytonlab, «Abva-a!» deb chinqirganicha, nayzaga chap bergan to‘ng‘izdek chetga sapchidi.– Ie, ha? Tushingda bolalar davomi…

Anvar Obidjon. Oliy tabaqali mehmonlar (hajviya)

Bor-yo‘g‘i qalbaki soqolu yasama soch, to‘shaknamo ustki kiyimlaru uch-to‘rt chaplam upa-bo‘yoqlar Urug‘alini qorboboga, Qurug‘alini qorqizga aylantirdi-qo‘ydi. Ilgari unisi ustaxona mudiri, bunisi chirmandachilar to‘garagining «g‘ildiratuvchi»si bo‘lib ishlaganligi hurmati maktab qorovulligidan hamon haydalmay kelayotgan piyonista amakivachchalar bugun sovg‘asevar bolalarning diqqat markazida, o‘qituvchilarning davomi…

Anvar Obidjon. Ortig‘alining o‘zginasi (hajviya)

Oshxonadagi javon yonida seyfning kalitini yo‘qotgan g‘aznachidek uymalanib yurgani sayin, Umrzoqni ter bosib, bosh og‘rig‘i battar kuchaya bordi. Oxiri peshanasiga tang‘ilgan nam sochiqdan bug‘ taratganicha kelib, o‘zini divanga tashladi. Shu zahoti eshikning qo‘ng‘irog‘i g‘alayon ko‘tardi: «Jir-r-ring!»– Kir-r-ring! –dedi Umrzoq, qo‘ng‘iroqqa davomi…