Ahmad A’zam. Bir kam dunyo (novella)
Ketyapman. Tepamda ko‘p-ko‘k osmon. Qarshimda kirmizi quyosh, botaymi, botmaymi deb, daraxtlarning shoxiga omonat qo‘ngan. G‘ir-g‘ir shabada. Asfalt yo‘lka top-toza, shinam. G‘ivirlab yurgak chumchuklar men yaqinlashganda dik-dik qochadi. O‘rindiqda yigit bilan qiz huzur qilib o‘pishmokda. “Eru xotin — qo‘sh ho‘kiz”, degan davomi…