Xonlar Hamid (1954)

Xonlar Hamid (Xanlar Həmid) 1954 yil Ozarbayjonning Lerik rayonining Chayrud qishlog‘ida tug‘ilgan. Pedagogika oliygohini tugatib, maktabda filolog, maktab direktori, davlat xizmatchisi bo‘lib ishlagan. Birinchi kitobi 1990 yil chop etilgan. Qator kitoblari chop etilan. “Avesto” kitobini ozar tiliga o‘girgan. G‘AZAL Gulim, davomi…

Bobo Vaziro‘g‘li (1954)

Bobo Vazir o‘g‘li Mesimov (Məsimov Baba Vəzir oğlu) 1954 yil 10 yanvarda Ozarbayjonning Ismailli rayonidagi Mulla Isoqli qishlog‘ida tug‘ilgan. Shoir, nosir, tarjimon, kinodramaturg. Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Ozarbayjon yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Moskvadagi M. Gorkiy nomli jahon adabiyoti institutida tahsil davomi…

So‘lmas Shirvonli (1955)

So‘lmas Shirvonli (Solmaz Şirvanlı) – Odilova So‘lmas Og‘axon qizi (Solmaz Ağaxan qızı Ədilova) 1955 yil 1 fevral kuni Ozarbayjonning Shamaxi rayonida tug‘ilgan. 1977 yildan she’rlar yoza boshlagan. Turli almanaxlarda, vaqtli matbuotda asarlari bilan faol qatnashgan. Asarlari chet tillariga tarjima qilingan. davomi…

Maorif Sulton (1956)

Maorif Sulton (Maarif Soltan) 1956 yil 10 aprelda Ozarbayjonning Ismoyilli tumanida muallim oilasida tug‘ilgan. Shoir, tarjimon, publitsist. Ozarboyjon yozuvchilar birligi a’zosi. 1979-1984 yillarda Moskvadagi M. Gorkiy nomli adabiyoti institutini tamomlagan. She’rlari jahon tillariga tarjima qilingan. Jahon adabiyotidan ozar tiliga tarjimalar davomi…

Shohmammad Tog‘laro‘g‘li (1956)

Shohmammad Tog‘laro‘g‘li (Şahməmməd Dağlaroğlu) 1956 yil Ismoyilli rayonida tug‘ilgan. Shoir, publitsist. Ozarboyjon yozuvchilar birligi a’zosi. “Ismoyilli xabarlari” gazetasi bosh muharriri. U 5 ta kitob muallifi, 30 ga yaqin kitoblarning muharriridir. Ozar o‘quvchilari uning o‘zbek tilidan tarjimalaridan ham bahra olgan. SAVOL davomi…

Oydin Murovtog‘li (1956)

Oydin Murovtog‘li (Aydın Murovdağlı) – Oydin Bandali o‘g‘li Hojiyev 1956 yilda Ozarboyjonning Ko‘kko‘l rayonida tug‘ilgan. Ganja davlat universitetini tamomlagan. Ozarbayjon jurnalistlari, Ozarbayjon yozuvchilari uyushmalari a’zosi, Ozarbayjon Ziyolilar jamiyatining faxriy a’zosidir. Shoir, publitsist. Uning qator kitoblari chop etilgan. Turli tillarga tarjima davomi…

Muboriz Og‘axon (1957)

Muboriz Og‘axon o‘g‘li Culaymonli (Mübariz Ağaxan oğlu Süleymanlı) 1957 yil Ozarbayjonning Lenkoran tumanida tug‘ilgan. Shoir, jurnalist, huquqshunos. Ozarbayjon davlat teleradiokompaniyasida muharrir bo‘lib ishlaydi. Shoirning 30 ga yaqin kitoblari chop etilgan. She’rlari turli xorij tillariga tarjima qilingan. O‘ZBEK DO‘STIMGA XAT Sani davomi…

Ziyodxon Budoq (1957)

Ziyodxon Budoq (Ziyadxan Budaq) – Budoqov Ziyodxon Qurbon o‘g‘li 1957 yil 20 fevralda Gurjiston respublikasining Bolnist rayonining Kapanak qishlog‘ida tug‘ilgan. Baku davlat universitetining tarix fakultetini bitirgan. Ilk she’ri 1972 yil “G‘alaba bayrog‘i” gazetasida chop etilgan. Hozirgacha 11 ta kitobi nashr davomi…

Damat Salmono‘g‘li (1958)

Damat Salmono‘g‘li (Damət Salmanoğlu) 1958 yili Ozarbayjonning Masalli rayonida tug‘ilgan. Shoir, publitsist. Uning qator she’riy kitoblari chop etilgan. Ozarbayjon yozuvchilar, jurnalistlar uyushmasi a’zosi. Prezident mukofoti sohibi. Xalqaro Rasul Rizo va Samad Behrandi nomidagi mukofotlar laureati. ONALAR Dunyoning lal-injusi, Tosh-toshidir onalar. davomi…


Maqolalar mundarijasi