Hamyon

Bor ekan-da, yo‘q ekan, qadim zamonda bir cholu kampir bo‘lgan ekan. Ular juda qashshoq yashashar ekan, zo‘rg‘a kunlari o‘tar ekan. Nihoyat qashshoqlik cholning joniga tegibdi va kampiriga shunday debdi:— Ey, kampir, qachon peshonamizning sho‘ri arir ekan. Hamma balo savodsizligimizda. O‘qigan davomi…

Bulbul

Bog‘bon bog‘da ishlab yurgan ekan. Bir bulbul kelib hadeb sayrayveribdi. Shunda tuzoqni ko‘rmagan bulbul daraxtga uchib kelib qo‘nibdi va tuzoqqa ilinib qolibdi. Buni ko‘rgai bog‘bon, uni olib tushibdi. Qafas topib kelib, bulbulni solib qo‘yibdi.Bir kuni bulbul tilga kirib, odamga o‘xshab davomi…

Siringni sirtga chiqarma

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir kishi bo‘lgan ekan. U juda ham hayvonlar tilini o‘rganmoqchi bo‘libdi. Hayvonlar tilini biladigan bitta odam bor ekan. U o‘shaning yoniga iltimos qilib boribdi. U anchagacha o‘rgatishga rozi bo‘lmabdi. Hadeb zo‘rlayvergach, bitta davomi…

O‘jarvoy bilan vafodor it

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir daryoning bo‘yida chol bilan kampir yashagan ekan. Ularning yakka-yu yagona, ko‘zlarining oqu qorasi, keksayganda ko‘rgan erkatoy bir o‘g‘illari bor ekan.U juda ham sho‘x bo‘lgani uchun unga Sho‘xvoy deb ism qo‘yishgan ekan. Lekin keyinchalik davomi…

Til o‘rganmoqchi bo‘lganlar

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir zamonlar uch tojik yigiti bo‘lgan ekan. Ular ahil do‘st ekan, bir kuni maslahatlashib, o‘zbek tilini o‘rganmoqchi bo‘lishibdi. Shu maqsad bilan O‘zbekistonga yo‘l olishibdi.Ular yo‘lda kelayotganlarida, bir yerda bir to‘da odamlar “bizlar, bizlar” deyayotgan davomi…

Arpa

Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan, bir chol-kampir bor ekan. Ular juda kambag‘al ekan. Bir kuni kampir choliga:— Chol, shu, arpa eksangiz, balki bir kunimizga yararmidi, — debdi.Chol ozgina yeriga arpa ekibdi, lekin sal vaqt o‘tmay kasal bo‘lib, davomi…

Haq hukm

Qadim zamonlarda bir kambag‘al bir boydan o‘n tilla pul qarz olgan ekan. Boy:— Pulimni ber, — deb qistayveribdi. Kambag‘al hech ilojini topolmay:— Pulingni bozordan keyin olasan, agar berolmasam, sonimdan bir qadoq go‘shtimni tilib ola qol, — debdi.Bozordan keyin boy kelibdi. davomi…

Bog‘

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podsho bor ekan. Bir kuni podsho vazirini chaqirib:— Men senga qirq kun muhlat beraman. Shu vaqt ichida katta bir bog‘ paydo qilgin. Men shu bog‘ga sayrga chiqaman, — debdi.Vazir uyga kelib qayg‘uribdi, buni davomi…

To‘g‘rilik haqida

Qadim zamonda bir podsho bo‘lgan ekan. Podsho o‘z saroyiga katta ayvon soldirmoqchi bo‘libdi. Buning uchun turli mamlakatlardan eng yaxshi ustalarni chaqirtiribdi. Ustalar qisqa vaqt ichida juda katta ayvon qurishga kirishibdi. Ayvon bitay deb qolganida bitta chetiga ustun yetmay qolibdi. Ayvonga davomi…


Maqolalar mundarijasi