Muhammad Amin Inoq

(taxminan 1730-1790) (1770-1790) Xiva xonligini idora qilgan qo‘ng‘irot sulolasi asoschisi. Inoqlardan Muhamad Amin inoqlik lavozimiga ko‘tarilgan. Turkmanlarning yovmut va chovdur qabilalariga qarshi kurash olib borgan, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchrab Buxoroga, Doniyolbiy otaliq yoniga ketgan. Xorazmni butunlay egallab olgan yovmutlar Xiva taxtiga davomi…

Avaz Muhammad Inoq

Avazbiy (1782-1804) (1790-1804) Xiva xoni. Qo‘ng‘irotlar sulolasidan. Muhammad Amin inoqning o‘g‘li. Inoqlardan. Avaz xon avlodidan bo‘lmagani uchun taxtni qo‘g‘irchoq xonlar orqali boshqarganlar. Avaz Muhammad inoq hukmronligi davrida Xiva xonligini iqtisodiy jihatdan mustahkamlash borasida ko‘p ishlar qilingan, Xivada katta hajmdagi qurilish davomi…

Eltuzarxon

(? – 1806) (1804-1806) Xiva xoni, Muhammad Amin inoqning nabirasi. Qo‘ng‘irotlar sulolasidan. Eltuzar davrida chetdan chaqirilgan soxta xon Abulg‘ozi taxtdan tushirib, o‘ziga xon unvonini qabul qiladi (1804 yil). Shundan keyin, qo‘ng‘irot qabilasi Xiva xonligi taxtini 1804 yilda rasman ham egalladi. davomi…

Muhammad Rahimxon I

(1775-1825) (1806-1825) Xiva xoni. Qo‘ng‘irotlar sulolasidan. To‘liq ismi Muhammad Rahimxon ibn Avaz inoq ibn Muhammad Amin inoq. Akasi Eltuzarxon vafotidan keyin taxtga o‘tirgan (1806 yil). Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini birlashtirishda ijobiy natijalarga erishgan; bir qancha siyosiy, iqtisodiy, ma’muriy islohotlar davomi…

Ollohqulixon

(taxminan 1797-1842) (1825-1842) Xiva xoni, Qo‘ng‘irotlar sulolasidan. Muhammad Rahimxonning o‘g‘li. Ollohqulixon davrida zulm, talonchilik, o‘zaro urushlar kuchaygan. Ollohqulixon Buxoro bilan sulh tuzilganiga qaramay 7 marta Buxoro xonligi hududiga yurishlar qilib, qishloqlarni talab qaytgan. Xurosonga 5 marta yurish qilgan. Qoraqalpoq va davomi…

Sayid Muhammadxon

(1823-1864) (1856-1864) Xiva xoni. Qo‘ng‘irotlar sulolasidan. Muhammad Rahim I ning o‘g‘li, Muhammad Rahim II -Feruzning otasi. Uning davrida Xivadagi ichki nizolarga barham berilgan, xonlikda tinchlik-osoyishtalik barqaror topgan. Sayid Muhammadxon 1858 yil Xivaga kelgan N.P. Ignatev missiyasini qabul qilgan. Shu yili davomi…

Muhammad Rahimxon II

Feruz (1845 yil – Xiva – 1910 yil) (1864-1910) Xiva xoni; shoir va bastakor. Qo‘ng‘irotlar sulolasidan. Xiva shahridagi Arab Muhammadxon madrasasida tahsil ko‘rgan, davlat, huquq ilmini zamonasining mashhur mudarrisi, shoir va olim Doiy, Yusufxo‘ja oxun va boshqalardan o‘rgangan. Ogahiy Muhammad davomi…

Asfandiyorxon (qo‘ng‘irot)

(?-1918 yillar) (1910-1918) Xiva xoni. Qo‘ng‘irotlardan. 1910 yil otasi Muhammad Rahimxon II vafotidan so‘ng rus podsho hukumatining yordami bilan taxtga chiqdi. 1910, 1914 yillarda Peterburgda bo‘ldi. Asfandiyorxon davrida ma’rifatparvar vazir Islomxo‘ja tashabbusi bilan Vxiva va boshqa shaharlarda pochta-telegraf, kasalxona, ikki davomi…

Said Abdullaxon

(?– 1933 yil, Krivoy Rog shahri, Ukraina) (1918-1920) Xiva xoni, qo‘ng‘irotlardan. Feruzning o‘g‘li. Ukasi Asfandiyorxon suiqasd natijasida o‘ldirilgach, Junaidxon tomonidan Xivaga xon qilib ko‘tarilgan (1918 yil 3-oktabr). Said Abdullaxon jismoniy jihatdan zaif va irodasiz bo‘lib, Xiva xonligidagi barcha ishlarni amalda davomi…


Maqolalar mundarijasi