Hunardan unar

Burungi zamonda bir podshoh bor ekan. Bir kuni u bir kambag‘alning qizini olmoqchi bo‘lib, sovchi yuboribdi. Sovchilar kelib podshohning so‘zini qizga aytishibdi. Qiz sovchilarga:— Podshohga borib aytinglar, olmoqchi bo‘lsa, men ham roziman. Lekin podshoh bir hunar bilsagina tegaman, bilmasa o‘rgansin, davomi…

Ayiqpolvon

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonlarda bir podshoh bo‘lib, uning Mahliyo, Muhabbat, Iqbol nomli uch qizi bo‘lgan ekan. Mahliyo yigirma ikki yoshga, Muhabbat yigirma yoshga, Iqbol esa o‘n sakkiz yoshga to‘lgan ekan, go‘zallik bobida yetti iqlimga dong‘i ketgan davomi…

Pufakvoy

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir shahar chetidagi chorbog‘da bir chol bilan kampir bor ekan. Ular halol mehnat bilan, dehqonchilik qilib kun kechirar ekanlar. Chol-kampirning farzandi yo‘q ekan. Shu sababdan ular qattiq qayg‘urar ekanlar. Yillar o‘tibdi, chol-kampir yana qarib, davomi…

Qilichqora

Uch og‘ayni bor ekan. To‘ng‘ichining oti Yulduzsanar, o‘rtanchasining oti Daryobog‘lar, kenjasining oti Qilichqora ekan. Bularni otalari uylantirmabdi. Uch og‘ayni maslahatlashib, bitta odamni vosita qilib aytibdilar:— Otamizga chiqib ayting, bizni uylantiradimi, yo‘qmi? Otalari:— Darvoqe, men o‘g‘illarimni uylantirganim yo‘q edi. Uchoviga uch davomi…

Uchar gilam

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, ilgari zamonda bir chol bilan kampir bor ekan. Ular uzoq vaqt farzandsiz umr kechirib, eri ellikka, xotini esa qirqqa kirganda bir o‘g‘il ko‘rishibdi. Er-u xotin o‘g‘ilni tarbiyalay boshlashibdi. Bola o‘sib ulg‘ayibdi. U maktab yoshiga davomi…

O‘tinchi chol

O‘tgan zamonda sakson yashar bir o‘tinchi chol bor ekan. Daladan bir ko‘tarim o‘tin terib kelib, uni sotib, xotini bilan tirikchilik o‘tkazar ekan. Bir kuni o‘tinini sota olmasdan bozorga tashlab qaytib kelibdi. Chol eshikdan kirishi bilan, xotini:— Nima olib keldingiz? Kechadan davomi…

Duradgor bilan tikuvchi

Bor ekan, yo‘q ekan, och ekan, to‘q ekan. O‘tgan zamonda bir duradgor bilan bir tikuvchi bor ekan. Bularning ikkovi bir-birlari bilan do‘st ekanlar. Bir kuni tikuvchi nihoyatda yaxshi bir ko‘ylak tikibdi va o‘rtog‘i duradgor ustani chaqirib:— Bir ko‘ylak tikdim, ko‘rdingmi? davomi…

No‘xatvoy

Qadim zamonda bir boy bor ekan. Bu boyning bir korandasi bor ekan. Uning bolasi yo‘q ekan. Boyning zulmidan koranda uyiga ham borolmas ekan. Koranda qo‘sh haydayotganida xotini ovqat pishirib olib borar ekan. Bir kuni xotin ovqat pishirib turganda no‘xatday bola davomi…

Shahzoda Asad

O‘tgan zamonda Xorazm mamlakatida bir podshoh o‘tgan ekan. Uning bitta-yu bitta o‘g‘li bo‘lgan ekan. O‘g‘liga sirohigarchilikni yaxshi o‘rgatish, tarbiya qilish uchun uni lashkar boshlig‘i Behzodxonga topshirgan ekan. Bola yosh bo‘lishiga qaramay, ko‘p narsani bilib olibdi. Ayniqsa, sirohigarchilikni juda yaxshi o‘rganibdi. davomi…

Ilon pari

O‘tgan zamonda bir podshoh yakka o‘zi ovga chiqib, ov qilib yurib, uzoqda bir narsa ko‘ribdi. Podshoh sekin borib qarasa, daraxt tagida bir pari qiz dam olib o‘tirgan emish. U qizni ko‘rgan zamon hushidan ketibdi. Birozdan so‘ng o‘ziga kelib qarasa, pari davomi…


Maqolalar mundarijasi