Sobir O‘nar (1964-2022)

Sobir O‘nar 1964 yili 25 fevralida Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida Quvkalla qishlog‘ida tug‘ilgan. 1981-86 yillarda hozirgi O‘zMUning jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 2022 yil 18 dekabrda Toshkent shahrida vafot etgan. “Yoshlik” jurnalida 1986 yilda muharrir, bo‘lim muharriri, bosh muharrir o‘rinbosari 1993-2015 davomi…

Nurislom To‘xliyev (1947)

Nurislom To‘xliyev 1947 yil 6 mayda Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1965 yili o‘rta maktabni tamomlab Samarqand Davlat universitetining Tarix fakultetiga talabalikka qabul qilingan. 1969 yili Samarqand Davlat pedagogika instituti “siyosiy iqtisod” (hozirgi “Iqtisodiyot nazariyasi”) fani o‘qituvchisi sifatida mehnat faoliyatini davomi…

Usmonxon Alimov (1950-2021)

Usmonxon Alimov 1950 yili Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida tug‘ilgan. 1982-1983 yillarda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, 1983-1987 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida, 1989-1990 yillarda esa Marokashning “Karaviyn” dorilfununida tahsil olgan. Usmonxon Alimov Samarqand viloyati Payariq tumanida joylashgan Imom davomi…

Boybo‘ta Do‘stqorayev (1941-2021)

Taniqli olim, publitsist, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori Boybo‘ta Do‘stqorayev 1941 yili Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan. ToshDU (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetida 1969 yildan ish boshlagan. Umrining so‘nggi yillarida davomi…

Nizom Komilov (1937-2021)

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli tarjimon Nizom Komilov 1937 yilning 12 dekabrida Namangan viloyati Chust tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan. U 1960 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. Dastlab «Yosh gvardiya» ( hozirgi davomi…

Ahmad Muhammad Tursun (1949-2021)

Ahmad Muhammad Tursun (Tursunov Ahmad Mamajonovich) 1949 yili Namangan shahrida tug‘ilgan. 1979 yili Namangan davlat universitetini tamomlagan. 1967 yildan buyon matbuotda faoliyat olib boradi: «Namangan haqiqati» gazetasida turli vazifalarda, «Namangan atlasi», «Irfon», «Tarjimon», «Suhbatdosh», «Hayrat» gazetalari bosh muharriri bo‘lib ishlagan. davomi…

Bahodir Yo‘ldoshev (1945-2021)

Atoqli rejissyor, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, Xalq artisti Bahodir Tursunovich Yo‘ldoshev 1945 yil 7 sentyabrda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatganidan so‘ng Toshkent teatr va rassomchilik institutida rejissyorlik mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. ​Mehnat faoliyatini O‘zbek davlat davomi…

Miyon Buzruk Solihov (1891-1938)

Miyon Buzruk Solihov (1891 — Toshkentning Qashqarcha mahallasi — 1938.4.10) — adabiyotshunos, folklorshunos va san’atshunos olim. Istanbul universitetini tugatgan (1927). O‘zbekistonga qaytgach (1927), O‘rta Osiyo universiteti sharq fakuletida o‘zbek tili va adabiyotidan dars bergan (1927—31). Tojikiston davlat maorif institutida o‘qituvchi davomi…

Amir Fayzulla (1945-2020)

Amir Fayzulla 1945 yil 15 yanvarda G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. 1968 yili Toshkent Davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi – hindshunos. U 1967–1971 yillari G‘allaorol tumanidagi maktablarda o‘qituvchi, 1971–1975 yillari G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir, 1975–1990 yillari “Progress” nashriyotida bo‘lim mudiri, davomi…


Maqolalar mundarijasi