Muhiddinxo‘ja qozi (1841-1902)

Muhiddinxo‘ja qozi (1841, Toshkent — 1902 yil mart) — o‘zbek ma’rifatparvari. So‘nggi Toshkent qozikaloni — Hakimxo‘ja o‘g‘li. Toshkent, Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Toshkentning Sebzor dahasidagi Isaxonxo‘ja madrasasida mudarrislik qilgan. Toshkent rus askarlari tomonidan qamal qilinib aholi qirilib ketish arafasida turgan davomi…

Yusuf Saryomiy (1840-1912)

Yusuf Saryomiy (taxallusi; asl nomi Yusuf mulla Abdushukur o‘g‘li) [1840, Chimkent viloyati Saryom (Sayram) qishlog‘i — 1912] — shoir. Toshkent, Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Samarqand, Toshkent, Qo‘qon adabiy harakatchiligida faol qatnashgan. «Beklar begi» madrasasida o‘qigan va unga atab she’rlar yozgan davomi…

Muhyi (1835-1911)

Muhyi (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Rizo Oxund o‘g‘li) (1835, Qandahor, Afg‘oniston — 1911, Andijon) — shoir. Turkiy va forsiy tillarda ijod qilgan. Hirot va Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Muhyi 19-asrning 60-yillari o‘rtalarida Andijon shahrida yashagan. Andijon hokimi — Xudoyorxonning katta davomi…

Umidiy (1835-1905)

Umidiy (Havoiy, Marg‘iloniy — taxalluslari; asl ism-sharifi Muhammadumar qori Ne’matulla oxun o‘g‘li) (1835 — Marg‘ilon shahri — 1905) — shoir, tarixchi. Hayoti Farg‘ona va Marg‘ilonda, Sharqiy Turkiston (Qashqar)da kechgan, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlar bilan yaqin ijodiy hamkorlikda bo‘lgan. Ijodiy davomi…

Muntazir (1831-1889)

Muntazir (taxallusi; ismi Yusufqori) (1831, Qo‘qon — 1889, Andijon) — shoir. Qo‘qondagi «Madrasai oliy»ni tugatgach, mudarrislik qilgan. U Nizomiy, Hofiz, Navoiy, Bedil asarlarini chuqur o‘rgangan. Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Pisandiy, Muhayyir, Rojiy Marg‘inoniylar bilan yaqindan tanishgan, adabiy hamkorlik qilgan. Xudoyorxon o‘g‘li davomi…

Miriy (1830-1899)

Miriy (taxallusi; asl ism-sharifi Ochildimurod Ne’matilla o‘g‘li) (1830 — Kattaqo‘rg‘on—1899) — shoir va xattot. Kattaqo‘rg‘ondagi Naqibxo‘ja va Buxoro madrasalarida o‘qigan. Kalliqo‘rg‘on mavzeida qozilik qilgan (1888). Miriyning mukammal devoni, ikkita bayozi, qator epik asarlari saqlangan. Miriy ijodining asosiy qismini uning dostonlari davomi…

Do’iy (1824-1909)

Do’iy (taxallusi; asl ism-sharifi Xoja Muhammad Yusuf Oxund) (1824 — Xiva — 1909) — o‘zbek shoiri. Xiva va Buxoro madrasalarida tahsil ko‘rgan. Xivadagi Arab Muhammadxon madrasasida mudarris, shahar jome masjidida voiz (va’z aytuvchi) bo‘lib xizmat qilgan. Chin sevgi va sadoqat, davomi…

Vozeh (1817-1893)

Vozeh (taxallusi; asl ismi Qori Rahmatullo Bin Ashur Muhammad) (1817/18-1893/94, Buxoro) – o‘zbek shoiri, adabiyotshunos, xattot, geograf. Buxoro madrasalaridan birida o‘qigan (1844 yilgacha). 1853—56 yillarda Karmana hokimi xizmatida bo‘ldi. Saroy muhiti bilan kelisholmay, Buxoroga qaytadi va umrining oxirigacha faqirona hayot davomi…

Shavqiy (1805-1889)

Shavqiy (taxallusi; asl ism-sharifi Mulla Shamsi mulla Husan o‘g‘li) (1805— hozirgi To‘raqo‘rg‘on tumani — 1889) — shoir, tarixchi. «Devon»ida o‘zbek va fors tilidagi she’rlari jamlangan bo‘lib, ularning asosiy qismini o‘zbek tilidagi she’rlari tashkil qiladi. Shavqiyning asarlari mumtoz she’riy janrlar: g‘azal, davomi…


Maqolalar mundarijasi