Shavkat Rahmon (1950-1996)

Shavkat Rahmon (asl ism-sharifi Rahmonov Shavkat) 1950 yilning 12 sentyabrida O‘sh viloyatining Qorasuv tumaniga qarashli Pomir mahallasida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1966 yilda o‘rta maktabni tugatgach, qurilishlarda, viloyat bosmaxonasi va gazetasida ishlaydi. 1973 yilda Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini bitirgach, davomi…

Usmon Azim (1950)

Usmon Azim (taxallusi; asl ism-sharifi Azimov Usmon) (1950.13.8, Boysun tumani) — O‘zbekiston xalq shoiri (2000), dramaturg. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Respublika radiosida muharrir, katta muharrir va bosh muharrir o‘rinbosari (1976—89), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyat bo‘limida mas’ul davomi…

Murod Muhammad Do‘st (1949)

Murod Muhammad Do‘st 1949 yil 12 aprelda Samarqand viloyatining Jom qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning tarix fakultetining falsafa bo‘limini tugatgan (1971). Moskvadagi Adabiyot institutida o‘qigan (1974—79). «O‘zbekfilm» kinostudiyasida, «Sharq yulduzi» jurnalida faoliyat ko‘rsatgan. Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Qaydasan, quvonch sadosi?» (1976). Shundan davomi…

Mirpo‘lat Mirzo (1949-2018)

Mirpo‘lat Mirzo 1949 yil 20 avgustda Chimkent viloyatining Sayram qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1999). ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1971). 1971 yildan “Yosh gvardiya” nashriyotining muharriri, 1982-86 yillarda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida mas’ul kotib, “Yosh gvardiya” nashriyotida bosh muharrir davomi…

Abdulla Jalil (1948-2021)

Shoir va publitsist Abdulla Jalil (Abdulla Abdujalilov) 1948 yil 15 mayda Namangan shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan (1972). To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «Mash’al» ro‘znomasida adabiy xodim, Pop tuman ro‘znomasida muharrir, Pop tumani jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi kengashining raisi, O‘zbekiston davomi…

Tog‘ay Murod (1948-2003)

Tog‘ay Murod (taxallusi; asl ism-sharifi Mengnorov Tog‘aymurod) (1948.3.2, Surxondaryo viloyati Denov tumani Xo‘jasoat qishlog‘i — 2003.27.5, Toshkent) — O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1999). Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Respublika radiosida muharrir (1972—75), «O‘zbekiston fizkulturachisi» gazetasida (1976—78), «Fan va turmush» davomi…

Guliston Matyoqubova (1948)

Guliston Matyoqubova (Annaqilicheva) 1948 yilda tug‘ilgan. 1973 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. U 1984-2005 yillarda, 4 chaqiriqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, 2005-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasiga deputat qilib saylangan. Uning «Hayajonning yetti rangi» (1982), «Oydin ostona» (1983), «Sevib qolsin» davomi…

Azim Suyun (1948-2020)

Azim Suyun (taxallusi; asl ismi Suyunov Azim Alimovich) 1948 yil 22 fevralda Samarqand viloyati Nakurt qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1997). ToshDU jurnalistika fakultetini tamomlagan (1977). G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida muharrir (1973-86), O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi davomi…

O‘tkir Rahmat (1948)

O‘tkir Rahmat 1948 yil 15 martda Samarqand viloyati Toyloq tumanining Uzun qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand Davlat universiteti va Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlagan. U o‘z mehnat faoliyatini matbuotda nashrlarida boshlab, so‘ng ko‘p yillar nufuzli idoralarda xizmat qildi. 1998 yilda “Shuhrat” medaliga davomi…

Ismoil To‘lak (1947-2003)

Iste’dodli shoir, adabiyotshunos olim Ismoil To‘lak Andijonning Xorabek qishlog‘ida 1947 yilda tavallud topgan. Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan. Andijon davlat pedagogika institutida (1971—1995), Andijon davlat tillar institutida dars bergan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazida mas’ul vazifada ishlagan. davomi…


Maqolalar mundarijasi