Qodir Mirmuhamedov (1920-2012)

Qodir Mirmuhamedov (1920.10.12, Toshkent – 2012) — tarjimon va kinostsenariychi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1999), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1981). 2-jahon urushi qatnashchisi. Toshkentdagi kechki pedagogika institutini tugatgan (1950). O‘zbekiston radioqo‘mitasida katta muharrir (1956—58), O‘zbekiston televideniyesi adabiyot taxririyatida davomi…

Sa’di Sirojiddinov (1920-1988)

Sirojiddinov Sa’di Hasanovich (1920.10.5, Qo‘qon – 1988.29.4, Toshkent) — matematik olim va jamoat arbobi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1971), fizika-matematika fanlari doktori (1953), professor (1956). O‘rta Osiyo universitetini tugatgan (1942). Moskva universitetida katta ilmiy davomi…

Matyoqub Qo‘shjonov (1918-2005)

Matyoqub Qo‘shjonov (1918.5.5, Toshhovuz viloyati, Turkmaniston — 2005.16.8, Toshkent) — adabiyotshunos olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1978), filologiya fanlari doktoriri (1972). 2-jahon urushi qatnashchisi (1942—45). Toshhovuz shahridagi O‘qituvchilar institutini (1946), O‘rta Osiyo universitetining filologiya davomi…

Yolqin To‘raqulov (1916-2005)

To‘raqulov Yolqin Xolmatovich (1916.10.11, Qozog‘iston Respublikasi Marki shahri — 2005.1.3, Toshkent) — biokimyogar olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1965). Biologiya fanlari doktori (1959), professor (1962). ToshTIni tugatgach (1936), shu institut biokimyo kafedrasida assistent (1936-38), davomi…

Toshmuhammad Sarimsoqov (1915-1995)

Sarimsoqov Toshmuhammad Aliyevich (1915.10.9, Andijon viloyati Shahrixon qishlog‘i — 1995.17.12, Toshkent) — matematik olim va jamoat arbobi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1943), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1960), Mehnat Qahramoni (1990). Fizika-matematika fanlari doktori (1942), professor (1942). O‘rta Osiyo universitetini davomi…

Sodiq Azimov (1914-1988)

Azimov Sodiq Azimovich (1914.7.11 — Toshkent — 1988.21.12) — fizik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1962), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1964), fizika-matematika fanlari doktori (1955), professor (1958). O‘rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1940). O‘rta Osiyo politexnika institutida davomi…

Vohid Zohidov (1914-1983)

Zohidov Vohid Yo‘ldoshevich — (1914.14.12 — Toshkent — 1983.19.7) — adabiyotshunos olim, faylasuf, publitsist. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1964), falsafa fanlari doktori (1946), professor (1949). Ozarbayjon pedagogika institutini tugatgan (1933). O‘zbekistonning turli oliy o‘quv davomi…

Obid Sodiqov (1913-1987)

Sodiqov Obid Sodiqovich (1913.15.11 — Toshkent — 1987.22.7) — kimyogar olim, jamoat arbobi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1947). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1960). Obid Sodiqov SSSR Fanlar akademiyasi akademigi (1972). Mehnat Qahramoni (1973). Kimyo fanlari doktori (1946), davomi…

Xadicha Sulaymonova (1913-1965)

Xadicha Sulaymonova (1913.3.6, Andijon shahri — 1965.26.11, Toshkent) — huquqshunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1954), yuridik fanlari doktori (1951), professor (1952), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1956). O‘zbekiston SSR MIK huzuridagi Sovet qurilishi va huquqi institutini tugatgan (1935). Moskva davomi…

Vohid Abdullayev (1912-1985)

Abdullayev Vohid Abdullayevich (1912.15.5 – Samarqand – 1985.30.7) -adabiyotshunos. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1973). Filologiya fanlari doktori (1959), professor (1960). 1932 yil Farg‘ona pedagogika institutini bitirgan. Vohid Abdullayev 1935—43 yillartsa Buxoro va Samarqand pedagogika davomi…


Maqolalar mundarijasi