Qudrat Hikmat (1925-1968)

Qudrat Hikmat (1925 – Toshkent — 1968.10.4) — bolalar shoiri. Toshkent Pedagogika instituti kechki bo‘limini tugatgan (1957). «Lenin uchquni», «Yosh leninchi» gazetalarida adabiy xodim (1950—53), Badiiy adabiyot va san’at nashriyotida bo‘lim mudiri (1960—68) bo‘lib ishlagan. 1947 yildan boshlab mashhur baxshi davomi…

Bo‘riboy Ahmedov (1924-2002)

Bo‘riboy Ahmedov (1924.12.8, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv qishlog‘i – 2002, Toshkent) — tarixchi, sharqshunos. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989), tarix fanlari doktori (1974). O‘rta Osiyo universitetining sharq fakultetini bitirgan (1953). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi davomi…

Hamid Ziyoyev (1923-2015)

Hamid Ziyoyev (1923.15.6, Toshkent – 2015) – tarixchi olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989), tarix fanlari doktori, professor (1968), Toshkent pedagogika institutining tarix fakultetini tugatgan (1946). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti ilmiy xodimi (1950—63), yangi tarix sho‘basi davomi…

Zohidjon Obidov (1923-1996)

Zohidjon Obidov 1923 yili Toshkentda tug‘ilgan. Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan. Toshkent davlat universitetini bitirgan. Namangan pedagogika institutida o‘qituvchi, viloyat Yozuvchilar uyushmasi rahbari bo‘lib ishlagan. Toshkentga qaytgandan so‘ng O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, G‘afur G‘ulom nomidagi va «Yosh gvardiya» nashriyotlarida hamda «Mushtum» davomi…

Sarvar Azimov (1923-1994)

Azimov Sarvar Olimjonovich (1923.20.5, Jizzax – 1994.3.11, Toshkent) — yozuvchi, jamoat arbobi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1973). O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1983). Filologiya fanlari doktori (1968). O‘rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1946). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy davomi…

Po‘lat Mo‘min (1922-2004)

Po‘lat Mo‘min (taxallusi; asl ism-sharifi Mo‘minov Po‘lat) (1922.24.12— Toshkent — 2004.2.3) — bolalar shoiri. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1992). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1983). Dastlab pedagogika bilim yurtini (1939), so‘ng Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatib (1944), o‘qituvchilik bilan shug‘ullangan davomi…

Sunnatulla Anorboyev (1922-2003)

Taniqli yozuvchi, tajribali jurnalist, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sunnatulla Anorboyev 1922 yilda Janubiy Qozog‘iston viloyatining Turkiston tumanidagi Qarnoq qishlog‘ida tug‘ildi. Namangan Pedagogika texnikumida, Toshkent Davlat Pedagogika institutida tahsil oldi. 1942-1945 yillarda II jahon urushida qatnashdi. Sunnatulla Anorboyev 1949 yildan davomi…

Ramz Bobojon (1921-2008)

Ramz Bobojon (taxallusi; asl ism-sharifi Bobojonov Ramz, 1921.2.12, Toshkent – 2008) — shoir va dramaturg. O‘zbekiston xalq shoiri (1981). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1971). Toshkent pedagogika instituti (1944) va shu institut aspiranturasi (1955)ni tugatgan. «Lenin uchquni» (hozirgi «Tong yulduzi») davomi…

Shoislom Shomuhamedov (1921-2007)

Shomuhamedov Shoislom Mahmudovich (1921.16.4, Toshkent – 2007) — sharqshunos-eronshunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1978), filologiya fanlari doktori (1968), professor (1970). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941—42). O‘rta Osiyo universiteti sharq fakultetini tugatgan (1952). Shu universitetda o‘qituvchi, dotsent (1958—60), sharq fakulteti davomi…

Vosil Qobulov (1921-2010)

Qobulov Vosil Qobulovich (1921.5.9, Toshkent – 2010) — matematik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), fizika-matematika fanlari doktori (1961), professor (1964). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1977). Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini tugatgan (1949). Chorjo‘y — Qo‘ng‘irot temir davomi…


Maqolalar mundarijasi