Pirimqul Qodirov (1928-2010)

Pirimqul Qodirov (1928.25.10. Tojikiston Respublikasi Shahriston tumani Kengko‘l qishlog‘i – 2010) — yozuvchi, adabiyotshunos olim. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1988). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1978). O‘rta Osiyo universitetining sharqshunoslik fakultetini (1951) tugatgan. SSSR Yozuvchilar uyushmasida o‘zbek adabiyoti bo‘yicha maslahatchi (1954—63), davomi…

Abdulahad Muhammadjonov (1928-2016)

Muhammadjonov Abdulahad Rahimjonovich (1928.26.12, Toshkent – 2016) — sharqshunos va arxeolog olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000). Tarix fanlari doktori (1973), professor (1989). O‘rta Osiyo universitetini tugatgan (1951). 1956-70 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya institutida katta ilmiy xodim, davomi…

Sa’dulla Karomatov (1928-1987)

Karomatov Sa’dulla Muzaffarovich (1928.14.7, Buxoro – 1987.21.8, Toshkent) — jurnalist, yozuvchi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1978). O‘rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1949). O‘zbekiston radioeshittirish qo‘mitasida xodim (1949—51), «Sovet O‘zbekistoni» gazetasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri (1954—57), «O‘zbekiston madaniyati» davomi…

Ismatulloh Abdullayev (1927-2005)

Ismatulloh Abdullayev (1927.10.3, Namangan – 2005) — sharqshunos, manbashunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989), filologiya fanlari doktori (1979). Namangan o‘qituvchilar institutini (1944), O‘rta Osiyo davlat universitetining sharq fakultetini tamomlagan (1951). Namangan pedagogika institutida o‘qituvchi (1951—57), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi davomi…

Jo‘ra Abdullayev (1927-2020)

Abdullayev Jo‘ra Abdullayevich (1927 yil 21 fevral, Toshkent – 2020 yil 18 aprel) — energetik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1989), texnika fanlari doktori (1973), professor (1982). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980). O‘rta Osiyo politexnika institutini bitirgan (1953). O‘zbekiston davomi…

Odil Yoqubov (1926-2009)

Odil Yoqubov (1926.20.10, hozirgi Janubiy Qozog‘iston viloyati Qarnoq qishlog‘i – 2009, Toshkent) — O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1985). 2-jahon urushi qatnashchisi. ToshDU filologiya fakultetini tugatgan (1956). O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1955—59), «Literaturnaya gazeta»ning O‘zbekistondagi maxsus muxbiri (1959—63; 1967—70), «O‘zbekfilm» kinostudiyasi davomi…

Abduqodir Hayitmetov (1926-2005)

Hayitmetov Abduqodir Hojimetovich (1926.27.5, Dang‘ara tumani Qiyoliqum qishlog‘i — 2005.7.5, Toshkent) — adabiyotshunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1978), filologiya fanlari doktori (1965), professor (1970). O‘rta Osiyo universitetining sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1949). O‘zbekistan Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida davomi…

Maqsud Qoriyev (1926-2010)

Maqsud Qoriyev (1926.1.8, Toshkent, 2010) — yozuvchi va jurnalist. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1968). Toshkent yuridik institutini tugatgan. Yuridik fanlari nomzodi, dotsent (1994). «Toshkent haqpqati» gazetasida muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir (1954— 63), «Sovet O‘zbekistoni» gazetasi (1964-84), «Mushtum» jurnalida bosh davomi…

Azizxon Qayumov (1926-2018)

Azizxon Qayumov (1926.19.01, Qo‘qon – 2018.16.02, Toshkent) — adabiyotshunos, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1983), filologiya fanlari doktori (1961). Po‘lat Qayyumovning o‘g‘li. O‘rta Osiyo davlat universitetining sharq fakultetini tugatgan (1949). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida davomi…

Saida Zunnunova (1926-1977)

Saida Zunnunova (1926.15.2, Andijon — 1977.20.3, Toshkent) — shoira. Yozuvchi Said Ahmadning rafiqasi. Andijon o‘qituvchilar institutini (1943) va O‘rta Osiyo universitetining filologiya fakultetini (1947—52) tugatgan. «Gulxan» jurnali (1953—56), «O‘zbekiston madaniyati» gazetasida adabiy xodim (1956—57), Badiiy adabiyot nashriyotida muharrir (1957—58) hamda davomi…


Maqolalar mundarijasi