Muattar Baratova. Rayhon (hikoya)

Kuz oyoqlagan esa-da, tabiat hali ham ochilmagan qirralarini namoyon etishda davom etmoqda. Olis o‘lkalarga yo‘l olayotgan qushlar parvozida andak hazinlik seziladi. Sarg‘aygan yaproqlarning bir maromda to‘kilishi ezgin bir kayfiyat uyg‘otadi kishida. Maktabimiz hovlisi tegrasida saf tortgan adl teraklar novdalarida esa davomi…

Yayra Abdullayeva. Yolg‘izim (hikoya)

Yana kech qoldim. Yarim soatga… Men xohlabmidim shuni… Nima, sizni uyga kech qaytgan vaqtingiz bo‘lgan emasmi? Umuman, qachon kelishimdan qat’iy nazar, kunimning tongidan shomigacha hisobini berishim shart unga. Berayotgan savollari boshimni gangitsa ham, dudama so‘zlari yuragimga botib, ko‘ksimni vayron qilsa davomi…

Barno Rustamova. Asir (hikoya)

Rassom alam bilan mo‘yqalamlarini sindirib tashladi. Suratlarni yirtib-yirtib derazadan uloqtirdi. Telbalarcha ko‘chaga chiqdi-yu, qayoqqadir keta boshladi. U o‘zidan o‘zi norozi bo‘lar, suratni sotgan kuniga la’nat o‘qirdi… Balki muhtoj bo‘lmaganida uni sotmasmidi. Nega endi o‘sha qizni qaytadan chizolmayapti? Nega?! Beixtiyor suratni davomi…

Abduqayum Bekkamov. Mukofot (hajviya)

Boshliq yuzidagi tajanglik ertalabdanoq butun boshli idoraning halovatini o‘g‘irladi. Xodimlar ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushdi. “Da-aa-aa, — deyishdi ayrim xodimlar, — xo‘jayin ertalab yangamiz bilan rosa janjallashgan ko‘rinadilar. Endi butun alamini biz bechoralardan olmoqchilar, shekilli”. Xo‘jayinning amri bilan barcha ishchi-xizmatchilar hayhotdek xonaga davomi…

Muhabbat To‘xtasheva. Yechim (hikoya)

Mohira bugun ham shu qaror bilan uyqudan uyg‘ondi: bo‘ldi, bugundan qoldirmayman. Shu o‘y bir haftaki boshidan chiqmaydi, qadalib kelaveradi. Tunovgi tushiga ham oralaganday bo‘ldi-yov, adashmasa. Qo‘lida oppoq tuxum, yorish uchun zo‘r berib siqarmish, yorilmasmish. Uyg‘onib qo‘rqib ketgandi, mana oqibati, tilamasa davomi…

Mamlakat Normurodova. Musofir (hikoya)

Shahlo katta shaharda onasini yo‘qotib qo‘ydi.Onasining esi kirdi-chiqdi edi. Qish oxirlab, eshik ortidagi g‘ala-g‘ovur dunyo o‘ziga chorlayverganidan, xasta ayol payt poylab ko‘chaga otildi. Bir paytlar Denov tomonlarda u ishlagan bog‘cha devori sap-sariq rangda edi. Sariq bino ko‘ziga issiq ko‘rinib, o‘sha davomi…

Asror Sulaymonov. O‘sha surat bilan (hajviya)

Bir necha kundirki, yangi hajviyamni hech nihoyasiga yetkaza olmayman, har tarafdan nabiralarning to‘paloni. Uyda yozaman deyman-u, sharoit ko‘tarmaydi. Ishxonada esa hali boshliq chaqiradi, hali tashkiliy ishlar. Eng yomoni — telefonning tinimsiz jiringlashi. —Labbay, ha redaktsiya. Adashmadingiz, eshitaman. Ey, Quvonchbek aka! davomi…

Ilhom Xoliqov. Toychoq (hikoya)

Ertalabdan ota-bolaning o‘rtasidan olamushuk o‘tdi.— Esingni yig‘, bola! Bunaqangi ishlarga hali yoshlik qilasan.Aslida-ku, Oltmishboy aka bunaqa gaplarni shu bugun eshitayotgani yo‘q: esini tanibdiki o‘zicha bir ish qilolmaydi.— Gap bitta, nevarangning to‘yiga toychoq oborasan, tamom vassalom!Umrzoq otadan yoshini so‘rasangiz: “Ot yili davomi…

Olimjon Hayit. Gavhar (hikoya)

Avji saraton. Ko‘p qavatli uylarning derazalari quyosh chiqishi bilan yopilib, qalin pardalari bekitiladi. Chunki quyosh bosh ko‘targandayoq, issiq lopillab ichkariga uriladi. Ehtiyot choralari ko‘rilmasa, kun bo‘yi tandirning ichida o‘tirganday azobga qolish hech gapmas. Mansur apil-tapil yuvinib, endi yoshiga to‘layotgan o‘g‘ilchasining davomi…

Bo‘ston Rahmonova. Yalpizlar ifori (qatra)

Oq atirgul Bir dona gul edi u.Hali ochilib ulgurmagan. Urinmagan, barglari qatida shudring tomchilari yaltiraydi. Nimadandir bezovtadek yaproqlari titraydi. Boshi bir tomonga salgina egilgan, uyalgandek…Men uni to‘satdan ko‘rib qoldim. Ochiq deraza chambaragidan o‘tkazib, tokchaga kimdir qo‘yib ketgan ekan. Ha, uzganu davomi…


Maqolalar mundarijasi