Otabek Tillayev. Hazin (hikoya)

U vaqtini kitobga muk tushgan ko‘yi o‘tkazardi. Odamlardan yotsirar, o‘zicha zavqlanib, allaqanday sirli ma’volarda sayr etardi. Mutolaa qilayotgan kitoblardagi turfa voqealarni aytmaganda, kunlari ikki tomchi suvdek bir-biridan farq qilmasdi. Olam yakrang edi.Qay kuni tuyqusdan muqovasi yo‘q allaqanday qo‘lyozmani topib oldi-yu, davomi…

Muhammad Siddiq. Tuzsiz ziyofat (hajviya)

Allo, Ismoiljon, bormisan? Bu yorug‘ olamda ikkita yaxshi bo‘lsa, biri — sensan, biri — menman. Bu olamda.., xo‘p, xo‘p. Yaxshi, qadrdonlarni chaqirib, Yangi yilda bir otamlashsak qanday bo‘larkin. Biznikida-da… Siz avvalroq kelavering. Hamma narsa taxt. Faqat… aytaveraymi? Siz o‘zimiznikisiz-ku. Shu… davomi…

Gulchehra Jamilova. Begona odam (hikoya)

— Xayr, dadajon, kechqurun yana o‘zingiz keling. Kutib o‘tiraman!Papkasini yelkasiga osib maktabga ketayotgan Hamida tovush kelgan tomonga o‘girildi. Sal naridagi bog‘cha darvozasi yonida bir qizaloq dadasining bo‘ynidan qattiq quchib olgan, dadasi esa: ”Xo‘p, qizim, seni olib ketgani albatta o‘zim kelaman”, davomi…

G‘ofurjon Alimov. Farzand (hikoya)

— Saloti janoza!Namoz tugagan zahoti masjid so‘fisining ovozini eshitgan namozxonlar birin-ketin hovliga chiqib, saflana boshladilar.Behzod safning old qatorida turar ekan, qulog‘iga hech narsa kirmas, bo‘layotgan hodisalar xuddi tushida kechayotgandek edi. Bir mahal qarasa akasi Botir imomning yonida turibdi.— Inim, — davomi…

Muhtarama Ulug‘. Jannat nafasli fasl (hikoya)

Munavvar kichkina qizining royishligiga yana bir karra tan berdi. Aslida, u bolani yozga chiqib, mevalar pishganda ko‘krakdan chiqarmoqchi edi-yu…Dilini g‘ashlaydigan tush ko‘rib, onasining sog‘liqlarini bilmoq uchun Farg‘onaga qo‘ng‘iroq qildi. «Onam yaxshimilar?» — degan savoliga «Yaxshilar…» — deb javob qaytargan singlisining davomi…

Murodulla G‘afurov. Tushundi (hajviya)

Gazeta muharriri tahririyatga yangi ishga kelgan muxbirga topshiriq berdi:— Hayotni o‘rganing, uka. Turmushimizda uchrab turadigan muammolar haqida yozing. Keyingi paytlarda gazetamizda tanqidiy maqolalar kamayib ketdi. Tezroq harakat qiling. Muxbir xursand bo‘lib ketdi. To‘g‘ri-da, har kimga ham bunday muhim topshiriq berilavermaydi. davomi…

Zoyir Mamajonov. Eringizga gap yo‘q (hajviya)

G‘ulomov avval soatiga, so‘ng atrofga qaradi. Bino yonidagi maydonchada turgan yashil «Jiguli»ni ko‘rib: «Shu, o‘zi. Mendan oldin kelibdi-da», degan gap ko‘nglidan kechdi. Mashinadan tushib lanj kayfiyatda qo‘sh tabaqali, oynavand eshik yoniga bordi. Ichkariga zimdan tikilib turganida, chiqib kelayotgan kotibaga ko‘zi davomi…

Bashorat Omonova. Surat (hikoya)

O‘smir o‘n oltiga qadam qo‘ydi. Beqaror hayot, mo‘jizakor tabiat boshqacha ko‘rina boshladi. O‘zini tushunadigan odamning suhbatiga intiq bo‘la boshladi. Kim bo‘lsa ham mayli… Lekin kim u? O‘nidagi odamlarmi? Ular beparvo, loqayd. Tiriklik tashvishlariga ko‘milib qolishgan. Tengqur o‘rtoqlari, sinfdoshlarimi? Yo‘q…Kundan-kunga o‘jarlashib, davomi…


Maqolalar mundarijasi