Abdul Hamid. Zaifa kim (hajviya)

Siz ayolni zaifa dedingizmi? So‘zingizni qaytib oling. Bu borada biroz o‘ylab gapirishga to‘g‘ri keladi. Yo‘q, men ularni shaxsiy himoyamga olmoqchi emasman. Chunki ular mening himoyamga zor emas. Ammo shunga qaramay, gapingizni qaytib olishingizga to‘g‘ri keladi. Nega deysizmi?Tebsa-tebranmas, dunyoni suv bossa, davomi…

Shokir Abdulaziz. Hojatbaror (hajviya)

— Qizi bor uyning darvozasini shoh ham, gado ham taqillatarkan, o‘rgilay ovsin, yaxshi niyat bilan qulchilikka keldik.— Xush kelibsizlar, qadamlaringizga hasanot, qani, ichkariga marhamat…Semiz badanlarini yanada bo‘rttirib turgan tor atlas ko‘ylakli ayollar cho‘g‘day gilamlar to‘shalib, yangi ko‘rpachalar solingan, ularning kelishi davomi…

Muqaddas Ahmedova. Marjon (hikoya)

Jabbor akani Xudo urdi: bugun olgan maoshini ichib qo‘ydi. Aslida u yakkayu yagona qizi — Zahroning tug‘ilgan kuniga marjon shodasini sotib olib sovg‘a qilmoqchi edi. Afsuski, hammasi chappasiga ketdi.Jabbor aka yo‘lak chekkasidagi yog‘och o‘rindiqqa behol cho‘kib chuqur nafas oldi. Tevaragiga davomi…

Nurmamat Almurodov. Odamning xo‘rozi (hajviya)

Bugun Ravshan aka Hazratqulovning shirkatlar uyushmasiga rais etib tayinlanganiga roppa-rosa ikki hafta bo‘ladi. Birovni tanisa, birovni hali yaxshi tanimaydi. Ishni nimadan boshlashni bilmay xonasida xayol surib o‘tiribdi. Nogahon telefon jiringlab qoldi. Go‘shakni olib, o‘ng qulog‘iga tutdi.— Allo, yaxshimisiz. Men viloyat davomi…

Nurmamat Almurodov. Kalta ishton (hajviya)

Yakshanba kuni Tojiboy bilan Qirmizigul o‘zlarining “Neksiya”sida Chuqursoy ko‘liga otlanishdi. Ular bu kunni uzoq kutishgan edi. Ayniqsa, Qirmizigul eri cho‘milishdan gap ochdi deguncha, yuragida shubha-gumonga o‘xshash tuyg‘u g‘imirlab, o‘zini qo‘ygani joy topolmas edi. Endi bariga nuqta qo‘yadi. Qani ko‘rsin-chi, erining davomi…

Tilavoldi Jo‘rayev. Deraza ortida (hikoya)

“Xayriyat, akang bor, bolam…” Onaning vidolashuv so‘ngso‘zidan. U o‘z joyida, choqqina xonasining derazasi oldida tashqariga boqqancha o‘tiribdi. Miq etmaydi. Miq etish qayoqda, tishsizlikdan qapishgan lablarini qimirlatishga majoli yo‘q. Tishlar ketgach, cho‘zinchoq jag‘i burniga yaqinlashib qolgan. Bujmaygan yuzini na to‘rtburchak, na davomi…

Alijon Zohidiy. Tez yordam (hajviya)

— To‘g‘risini aytsam, — dedi Adham ikkinchi shisha bo‘shaganidan keyin qulfi dili biroz ochilib. — Asli o‘zi do‘xtirman, Tibbiyot institutini tugatganman. Tez yordam sohasida oz-moz ishlaganman ham. Uning bu gapidan G‘ijduvonning barkashidek katta va silliq basharasiga, ayiqdek serjun va bahaybat davomi…

Abdul Rashid. Ishonch qo‘ng‘irog‘i (hikoya)

Hamma narsa avtobus bekatidagi ustunlardan biriga yelim bilan yopishtirilgan kaftdek qog‘ozga bitilgan e’londan boshlandi. * * * Qo‘ng‘iroqning baland, shiddatli ovozi sukunatni parchalab, xonani to‘ldirib yubordi. Navbatchi hushyor tortib, darhol go‘shakni oldi, o‘z harbiy darajasi, ismi sharifini aytib, “Ishonch qo‘ng‘irog‘i” davomi…


Maqolalar mundarijasi