Gulruh Yormatova. Ofat (hikoya)

Kech kuz o‘zining sarg‘ish etaklarini tog‘ yon-bag‘irlaridan butkul yig‘ib ulgurmay kun sayin qo‘li baland kelayotgan qish birdan quturib ketdi. Hali qilichining damini ko‘rsatishga fursati yetsa-da, keksa tog‘larga vajohatini ko‘rsatib qo‘ymoqchidek shamol va bo‘ron aralash ularning viqorli boshlari uzra qor purkay davomi…

Gulruh Yormatova. Tuman ortidagi manzillar (hikoya)

Ayol hovli adog‘idagi omborga kirdi-da nima qilsamikin, degandek uzun-uzun yog‘och xodalar ustiga pala-partish taxlab tashlangan biri yarimroq, biri to‘laroq qoplarga alangladi. So‘ng qidirganini topdi shekilli, bo‘g‘ziga ola-bula ip bog‘langan qopni inqillab-sinqillab pastga tushirdi. Qop tuproq yerga gup etib tushdi-yu, hammayoq davomi…

Muhabbat Hamidova. Odamning o‘rni (hikoya)

Chol qishloq chekkasidagi chog‘roqqina hovlida yolg‘iz kampiri bilan yashardi. Buvimning aytishicha, ular qishlog‘imizga “musofir” ekan. Lekin qachon va qayerdan kelib qolishgani hanuzgacha menga qorong‘u. Har holda, esimni taniganimdan buyon ular shu yerda edi. Tundligidanmi yoki to‘y-hashamlarga kam aralashganidanmi, chol odamlar davomi…

Abdul Hamid. Noo‘rin va’da (hajviya)

Mish-mish tarqaldi. Husanboy ba’zi hamkasblari bilan gaplashmay qo‘yganmish. Eng qizig‘i, o‘sha “ba’zi”lar uning ulfatlarimish. Qizig‘i, Husanboy ular bilan urishmagan, so‘kishmagan, bor-yo‘g‘i choyxonada birga o‘tirgan-u…Bu gaplar, odatdagidek, to‘ppa-to‘g‘ri Sunnat Azlarovichning qulog‘iga yetib keldi. U jamoa inoqligi uchun qattiq jon kuydirguvchi odam davomi…

Muxtorali Nosirov. «F.I.Sh.» nima? (hajviya)

Yaqinda ish bilan kattagina muassasaga kirgandim, to‘ldirish uchun qo‘limga qog‘oz (“blanka”) tutqazishdi. “Xayriyat, o‘zbekcha ekan!” deb xursand bo‘lib ko‘z tashladi-mu hafsalam pir bo‘ldi. Boshlanishidayoq katta-katta harflar bilan “F.I.Sh”. deb yozib qo‘yishibdi.“Fish” nima? — so‘radim “blanka” bergan xodimdan.“Fish” emas, “F.I.Sh.”, — davomi…

Mehriniso Qurbonova. Dunyo go‘zal (hikoya)

Bahorning ilk kunlari edi. Atrofdan pushtirang, oppoq bo‘lib gullagan daraxtlarning muattar hidlari taralib turardi. Har kuni ikki tomoni chinor, akatsiya daraxtlari soya tashlagan yo‘lakdan yurib ishga ketaman. Boshqa yaqin yo‘llardan o‘tib borishim, vaqtimni biroz bo‘lsa-da tejashim mumkin. Ammo aynan men davomi…

Mahbuba Xolova. O‘zim aylanay (hajviya)

Shu ayrim xotinlarga hayronman-da… Bitta erkakning ko‘nglini topisholmaydi. Eri ko‘rindi deguncha dag‘-dag‘ titrashadi. Erkak degani, asli yosh boladay gap-da. O‘zim aylanay, deb, ikki og‘iz shirin gapirsangiz, choyga solingan qandday erib ketadi.Toleimdan aylanay, o‘zimning erginam ajoyib-da. Qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan… Birovning davomi…


Maqolalar mundarijasi