Abdulla Qodiriy. Nahs bosqan ekan (1923)

Kashmiridan kelgan romchining oldig‘a o‘lturub: —      Qani bir baxtimizni sinab qarayliq-chi, —dedim. —      Ranjmi, g‘oyibmi, hozirmi? — deb so‘radi. «Ko‘rning tilagani ikki ko‘zi», «Kampirning dardi g‘o‘zada» degandek, manim ham o‘ylaganim sizga o‘xshag‘an «Choti ayri, boshi yumoloq» dardisarlar emasmi, shuning uchun davomi…

Abdulla Qodiriy. Po‘skallasi (1923)

—      Hay aka! Vaqting bo‘lsa gapimga bir oz quloq ber! Qalay, o‘zing tantimisan? Agar tanti bo‘lsang, sanga bir gapim bor. Po‘skallasini aytsam, san o‘zing, yo‘q san emas, saning xalqing bila turib suvga… shunaqa qiladilar-da… —Yo‘q-yo‘q, hovliqma, berdisini aytkuncha kishini belashi davomi…

Abdulla Qodiriy. Taraqqiy (1923)

Batqaldoq xo‘ja: — Hoy eshon, biz ham endi ancha taraqqiy qilibmiz-a?! Lo‘kidon xo‘ja: — Qayoqdan bildingiz? — Xotunlarimiz nos o‘rnig‘a popiro‘s cheka boshlabdurlar. —      Qayoqda ko‘rdingiz? —      Qayoqda ko‘rar edim, sentralniy mo‘nchada ko‘rdim… Shilg‘ay «Mushtum» — 1923 yil, 3-son, 7-bet

Abdulla Qodiriy. Nima qayoqqa ketadir (1923)

Ishchining topqani xo‘jayinning xaltasig‘a ketadi. Sovdagarning topqani o‘g‘ul to‘yisig‘a ketadi. Toshkand ko‘nchilarining topqani qishliq to‘kma bilan yozliq gapka ketadi. Qimorbozning topqani gartkam bilan to‘rtta oshiqqa ketadi. Bedanabozning topqani tariqqa ketadi. Muridning topqani eshonga ketadi. Eshonning topqani sakkizta xotung‘a ketadi. Xotunlarning davomi…

Abdulla Qodiriy. «Tavakkaltu alolloh»ni degan er — na talqonu na qalqonning g‘amin yer (1923)

Mana bu bir juft bayt, o‘zimizning ota-bobodan qolib kelgan halol molimizdur. Ushbuni ham kim maniki, desa boshi o‘lumda, moli talondadur. Agar qo‘ni-qo‘shnilarning ko‘z olaytirishlaridan qo‘rqmay, doirani kengaytiribroq yuborsaq bu baytdan butun Sharqni ham nasibador qila olamiz. Ammo boshqalarg‘a yo‘l-yo‘ruq yo‘qdur. davomi…

Abdulla Qodiriy. It urushdirish ishlari (1923)

Ko‘kcha dahasi bilan Beshyog‘och dahalarining oralaridag‘i siyosiy munosabat qutulmagan joyda buzilib ketib, san-manga borishib qoldilar. Bu buzilishning ibtidosi Ko‘kchaning Chig‘atoyi bilan Beshyog‘ochning Chaqaridan it urushdirish masalasidan chiqdi. Chig‘atoyning o‘n yildan beri suv o‘rnig‘a sut berib, zo‘raytirib kelgan olaparini Chaqarning ahamiyatsiz davomi…

Abdulla Qodiriy. Salomnoma (1923)

—      Otqa qoqqan taqadek, suvdan chiqqan baqadek, bir mirilik chaqadek— ma’orif sho‘rosiga salo-o-om! —      O‘zi chetka buqinub, shaxsiyatka to‘qinub, allakimga cho‘qinub — o‘g‘ri ushlaganga salo-o-om! —      Ko‘rungan yer oq salla, oq bo‘lsa ham bo‘sh kalla, oqu qora ham malla — davomi…

Abdulla Qodiriy. Siyosat maydonlarida (1923)

Sarlavhani o‘qug‘ach, Puanqaraning lo‘ttisidan[1], Kerzo‘nning Turkiyaga qilayotqan oliftaligidan eshitamiz, deb ko‘nglingiz aynar. Voqi’an bu to‘g‘rida ko‘nglingiz aynab, hazmi qiyin bo‘lg‘an Yovrupo yirtqichlarining kurakda turmag‘an siyosatlarini «voq» etib qusub yuborishg‘a ham haqlidirsiz. To‘g‘risi ham bu it emganlarning tutqan siyosatlarini har qanday davomi…


Maqolalar mundarijasi