Abdulhamid Cho‘lpon. Umid sizdan! (1918)

Muxtoriyat e’lon etildi! Uning to‘g‘risida do‘stlardan ham, dushmanlardan ham ko‘b gap­lar eshitdik. Do‘stlarimiz: «Muborak bo‘lsun, xayrlik natijalarini ko‘ringiz!» – dedilar. Ba’zi do‘stlarimiz yopilib-­yopilmasdan: «Muxtoriyatingizga «Yashasun!»dan bosh­qa so‘zimiz yo‘q. Ammo, ammo… hozirlanmag‘an, tayyorlanmag‘an, o‘qumag‘an vaqtingizda bo‘lg‘an Muxtoriyat ilgarigi xonlik­larni keltirmasa edi…» davomi…

Abdulhamid Cho‘lpon. Vatanimiz Turkistonda temiryo‘llar (1914)

Ushbu sana o‘tgan aprel oyidan boshlab Andijonning ko‘b qishloqlarig‘a temiryo‘llar g‘oyat tezlik bilan ishlanub turmoqdadur. Chunonchi: Birinchi. Namangandan kelub, Andijong‘a, Andijondan Hazrat Ayyubga*, hazrat Ayyubdan cho‘zulub Olmota taraflarig‘a ketadur. Ikkinchi. Andijondan bir shox chiqub Xo‘qandqishloq, Mosi, Bozorqo‘rg‘on taraflarg‘a. Uchinchi. Andijondan davomi…

Abdulhamid Cho‘lpon. Vatanimiz Turkistonda ziroat va dehqonchilik (1914)

I Muhtaram muharrir afandi! Ushbu maktubimni «Sadoi Farg‘ona» gazetangizni bir go‘shasida darj qilub* dehqon qardoshlarimizni suyundirsangiz edi. Butun Rusiyada manbatlik* jihatdan Vatanimiz Turkis­tonning ilgarida ekanligi hammag‘a ma’lumdur. Va hatto butun dunyoda manbatlikning birinchisi Amriqo bo‘lsa, bizning Turkiston ham ikkinchi sanaladur. davomi…

Abdulla Qodiriy. Birinchi may (1923)

Birinchi may kuni bizning basharamiz irjaygan, ikkinchidan boy, ulamo, ashqiyolarning basharasi tirjaygan kundir. Birinchi may biz o‘ynag‘an, kulgan; mustamlakachi «mushfiq mehribonlarning» qon yig‘lag‘an, kuygan kunidir. Birinchi may butun dunyo mehnatkashlarining birlashkan bayrami, butun dunyo ifloslarining bir-birlari bilan it-mushuk bo‘lub ajrashqan davomi…

Abdulla Qodiriy. Yomon ko‘z (1923)

Yomon ko‘zdan saqlanish kerak Ba’zi-ba’zida «Turkiston» bilan «Yosh sharq» gazetalariga ko‘zim tushub qoladir. Nimalarga yo‘liqasan deng! Xudo ko‘zdan saqlasun. Gazetalarda qiziq-qiziq baytlar bosiladir. «Mamadanalar»ninggina og‘zidan chiqaturg‘an «to‘ti qush» gaplarini o‘shal baytlarda ko‘rasiz. Gapka muncha chechan bu haromilar?! «Falon maktabning falon davomi…

Abdulla Qodiriy. Dardi yo‘q — kessak, ishqi yo‘q — eshshak (1923)

—      Kalnikiga oshg‘a-a-a-a!!! Gur-gur odam kalnikiga tuz yalab chopadir… —      Ayiq polvon kurash tushadir, Jo‘ra qiziq maymun o‘ynatadir, Farg‘onadan Arava polvon keldi, Jizzaxdan It polvon keldi… Ko‘rubsizki, kurash o‘rnini ijaraga olg‘an zarg‘aldoq xo‘jalarning qilg‘an foydalari mindi-mindi… —      Chet ellardagi o‘qug‘uchi davomi…

Abdulla Qodiriy. Sho‘x baytal (1923)

Sho‘x baytal har bir millatda ham bor. Farang sho‘x baytallari[1] haqida ajib rivoyatlar eshitamiz. Angliz siyosiyunlari Lo‘ndo‘n sho‘x baytallarini Sharq amir va shohlarini yovvoshlandirish uchun Arabiston, Eron va Hindistonlarga yo‘llar ekanlar. Lo‘rd Kerzo‘n o‘z siyosatini Sharqda amalga oshirish uchun qizchasini davomi…


Maqolalar mundarijasi