Ergash Fozilov (1933-2014)

Fozilov Ergash Ismoilovich (1933.10.3, Yangiyo‘l shahri – 2014) — tilshunos-turkiyshunos olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), filologiya fanlari doktori (1967), professor (1976). Moskva universiteti filologiya fakultetini va ayni paytda shu universitet qoshidagi Sharq tillari institutini tugatgan (1957). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi davomi…

Muzayyana Alaviya (1909-1988)

Muzayyana Alaviya (1909.20.4. Toshkent viloyati Piskent tumani — 1988.3.3, Toshkent) — shoira, folklorshunos. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1968). Samarqand pedagogika bilim yurti (1928—30), Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti (1934—38)da o‘qigan. Toshkent shahar maktablarida o‘qituvchi (1930—40), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til davomi…

Homil Yoqubov (1907-1998)

Yoqubov Homil Islomovich (1907.14.9 — Toshkent — 1998.3.2) — adabiyotshunos, adabiy tanqidchi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1968), filologiya fanlari doktori (1967), professor (1970). Leningrad davlat pedagogika institutida o‘qigan (1926—27), O‘rta Osiyo Rejalashtirish-iqtisod institutini tugatgan (1932). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til davomi…

Qutbiddin Muhitdinov (1906-1983)

Qutbiddin Muhitdinov (1906.19.11 — Samarqand viloyati Urgut tumani — 1983.17.12) — matnshunos, manbashunos, lug‘atshunos olim. Filologiya fanlari nomzodi (1972). 1956—61 yillarda Tojikiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida, 1961—1982 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot hamda Sharqshunoslik institutlarida katta davomi…

Hodi Zarif (1905-1972)

Zarifov Hodi Tillayevich (Hodi Zarif) (1905.20.3 — Toshkent — 1972.13.1) — o‘zbek folklorshunosligi asoschisi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi asarlarining to‘plovchisi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1967), filologiya fanlari doktori (1965), professor (1967). Eski va yangi usuldagi maktablarda boshlang‘ich ta’lim olgan. davomi…

Muxtor Xudoyqulov (1937)

Muxtor Xudoyqulov 1937 yil 1 noyabrda Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika bo‘limini tamomlagan (1959). Turli yillarda “Yosh leninchi” gazetasi redaktsiyasida adabiy xodim, “Qizil O‘zbekiston” gazetasida adabiy xodim, Toshkent davlat universiteti jurnalistika fakultetida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent davomi…

Rafiq Mo‘min (1900-1951)

Rafiq Mo‘min (taxallusi; asl ism-sharifi Mo‘minov Rafiq, 1900.7.2, Namangan — 1951.5.5) shoir, dramaturg, pedagog. 1917 yilda Ko‘qondagi dorilmualliminni tugatib, 1937 yil 27 mayda qatag‘on etilguniga qadar o‘qituvchilik qilgan. Rafiq Mo‘min Farg‘ona vodiysiga ilmiy ekspeditsiya uyushtirib, «Zevak» («Yozi bilan Zebo») va davomi…

Porso Shamsiyev (1897-1972)

Porso Shamsiyev (1897.10.2, Buxoro — 1972.21.3, Toshkent) — navoiyshunos va matnshunos olim. Filologiya fanlari doktori (1970), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1972). Buxoro madrasalarida tahsil ko‘rgan. 30-yilarga qadar madrasa, maktab va maorif yo‘nalishidagi muassasalarda xizmat qilgan. O‘zbekiston Davlat nashriyoti (1931—36) davomi…

Domla Hindistoniy (1892-1989)

Ilm ahli Mavlaviy hoji Hindistoniyni «Hoji Hindistoniy», «Mavlaviy Hindistoniy», «Hoji domullo», «Hazrati Mavlaviy» singari nomlar bilan e’zozlab tilga oladilar. Asli ismi Muhammadjon mullo Rustam o‘g‘li bo‘lgan bu alloma 1892 yilda Qo‘qon muzofotiga qarashli Hoja Muhammad Valiy qabristoniga yaqin Chorbog‘ qishlog‘ida davomi…

Chokar (1889-1952)

Muhammad Yusuf Muhammad Yoqub o‘g‘li Chokar 1889 yil Xiva shahrida tug‘ildi va o‘sha yerning maktab va madrasalarida tahsil oldi. Chokarning dadasi Muhammad Yoqub Xarrot Xorazmda juda mashhur mashshoq bo‘lgan. Ayniqsa klassik kuylarni g‘oyat maroqli ijro qilgan. U, adabiyot bilan ham davomi…


Maqolalar mundarijasi