Ishoqxon to‘ra Ibrat (1862-1937)

Ishoqxon Junaydullaxo‘ja o‘g‘li Ibrat ma’rifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o‘zbek matbaatchilaridan bo‘lib, 1862 yilda Namangan yaqinidagi To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. Dastlabki ma’lumotni eski maktabda, so‘ngra onasining qo‘lida oladi. Keyinroq Qo‘qonga borib madrasaga o‘qishga kiradi. Ishoqxon Ibrat 1886 yilda madrasani davomi…

Bobooxun Salimov (1874-1929)

Davlat va siyosat arbobi, ma’rifatparvar Bobooxun Salimov 1874 yili Gurlan bekligida qozikalon Salimoxun oilasida dunyoga keldi. Asli ismi Muhammad bo‘lib, unga hurmat yuzasidan Bobooxun deb taxallus berilgan. U boshlang‘ich ta’limni olgach, Xiva shahridagi Olloqulixon madrasasida tahsilni davom ettiradi. Arab, fors, davomi…

Abduqodir Shakuriy (1875-1943)

Ma’rifatparvar, pedagog Abduqodir Shakuriy 1875 yilda Samarqandning Rajabamin qishlog‘ida bog‘bon oilasida tug‘ildi. Shakuriy eski usuldagi maktabni tamomlaganidan keyin Samarqand shahridagi madrasaga o‘qishga kiradi. Shakuriy rus gimnaziyasiga borib, uning ichki tartib qoidalari va o‘qitish usullari bilan tanishadi. Shundan keyin yosh muallimda davomi…

Ashurali Zohiriy (1885-1937)

Taniqli ma’rifatparvar, yirik tilshunos, lug‘atshunos, adabiyotshunos olim, jurnalist va tarjimon, Turkistondagi jadidchilik harakatining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri Ashurali Zohiriy 1885 yili Qo‘qon yaqinidagi Oyim qishlog‘ida tug‘ilgan. U dastlab Qo‘qondagi Madalixon madrasasida tahsil ko‘radi (1914), arab va fors tillarini puxta egallaydi, davomi…

Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919)

Buyuk ma’rifatparvar adib, alloma va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 yili Samarqand shahrida muftiy oilasida dunyoga keldi. Ziyolilar oilasidagi muhit undagi adabiyotga, siyosatga, ma’rifatga bo‘lgan qiziqishini tezroq ro‘yobga chiqishiga yetakladi. Uning otasi islom huquqshunosligi bo‘yicha yirik mutaxassis bo‘lib, bu borada davomi…


Maqolalar mundarijasi