Sidqiy Xondayliqiy (1884-1934)

Atoqli shoir, xattot va tarjimon Sirojiddin Maxdum Mirzohidoxund o‘g‘li Sidqiy 1884 yili hozirgi Bo‘stonliq tumani Xondayliq qishlog‘ida tug‘ilgan. Arab, fors tillarini o‘rgangan. Xattotlikka qiziqqan, zamonasining mashhur qilqalami Muhammad Shohmurod kotib (1850— 1922)ga shogird tushgan. Sidqiy tosh yo‘nib, unga ishlov berish, davomi…

Hoji Muin (1883-1942)

O‘tgan asrning boshida Vatan ozodligi, xalqning ma’rifati, millatning taraqqiysi uchun kurashgan ilg‘or ma’rifatparvar ziyolilarning safida Hoji Muin Shukrullo o‘g‘li ham bor edi. Hoji Muin 1883 yil 19 martda Samarqandda tug‘ilgan. Otasi Shukrullo savdogar bo‘lib, 32 yoshida vafot etadi. O‘n ikki davomi…

Fayzulla Xo‘jaev (1896-1938)

Atoqli davlat va siyosat arbobi, Buxoro jadidchiligining faol ishtirokchisi, “Yosh buxoroliklar” partiyasining rahbarlaridan biri Fayzulla Xo‘jayev 1896 yil 1 iyulda Buxoro shahrida yirik savdogar oilasida tug‘ilgan. U yoshligida eski maktabni bitirib, Buxoro madrasasida o‘qigan. 1907—1912 yillarda F.Xo‘jayev Moskvada shaxsiy o‘qituvchilardan davomi…

Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev (1878-1937)

Jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri, davlat va siyosat arbobi, o‘zbek matbuotining ilk tashkilotchilaridan biri Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘ja o‘g‘li (Ubaydulla Xo‘jayev) 1878 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Rus-tuzem maktabini tamomlagach, davlat muassasalarida tarjimonlik bilan shug‘ullangan. Keyinchalik Saratov universitetining huquqshunoslik fakultetini muvaffaqiyat bilan tamomlagan. davomi…

Saidnosir Mirjalilov (1884-1937)

Atoqli ma’rifatparvar, Turkistondagi milliy ozodlik harakatining taniqli namoyandalaridan biri Saidnosir Mirjalilov 1884 yili Turkiston shahrida tavallud topgan. Yoshligidan o‘ta ziyrak, tadbirkor va mehnatkash bo‘lgan Saidnosir tujjorlik faoliyatini kichik bir gazlama do‘konini ochishdan boshlagan. Ko‘p o‘tmay u Turkistonda birinchi jadid maktabini davomi…

Obidjon Mahmudov (1871-1936)

Turkistondagi jadidchilik harakati vakili, yirik sarmoyador, noshir va jamoat arbobi va siyosat arbobi Obidjon Abdulxoliq o‘g‘li Mahmudov Farg‘ona taraqqiyparvarlarining peshqadam vakilidir. U 1871 yili Marg‘ilonda tug‘ilgan. Taxminan 1898 yilda Cheleken yarim oroli (Kaspiy dengizi)ga borib, turli ishlar bilan mashg‘ul bo‘ldi. davomi…

Muso Saidjonov (1893-1937)

Buxoro jadidchiligining yirik namoyandalaridan va ma’rifatparvar, tarixchi olim, professor (1935), taraqqiyot yo‘lida milliy harakatning faol qatnashchilaridan biri Muso Saidjonov 1893 yili Buxoro shahrida savdogar oilasida tug‘ilgan. Mirarab madrasasini bitirib, Kogondagi rus-tuzem maktabida o‘qigan. M.Saidjonov ilmga qiziqib, arab, fors, turkiy tillar, davomi…


Maqolalar mundarijasi