Uch buyuk tabib

Bir tabib qattiq kasal bo‘lib yotib qoldi. Uning shogirdlari yig‘ilib ustodlarini davolashga kirishdilar. Kasal ustod ularga:— Sevimli shogirdlarim, meni davolash uchun behuda zahmat chekmang, tuzalishdan umid uzganman, o‘limim yaqin qolganga o‘xshaydi. Vafot topganimdan keyin juda qayg‘urib oh-voh qilmang, chunki, o‘rnimga davomi…

Ulug‘lik

Bir kishi arab podshohining qarindosh-urug‘laridan bir nechtasini o‘ldirib qochib ketdi. Bir qancha vaqt o‘tgandan keyin podshohning yoniga qaytib keldi, Podshoh taajjublanib:— Ajab dovyurak, qo‘rqmas, jasoratli kishi ekansan, qarindoshlarimdan bir nechtasini o‘ldirib buyuk gunoh qilsang ham qahr-g‘azabimdan qo‘rqmay yana yonimga qaytib davomi…

Diyonat

Bir diyonatli fozil odamning uyida sichqonlar ko‘payib ketdi. Odamlar unga:— Nega uyingizda mushuk asramaysiz? Mushuk sichqonlar kushandasi ekanini bilasiz-ku. Agar bitta mushuk asrasangiz, sichqonlar hujumidan qutulasiz,— dedilar.Diyonatli fozil odam ularga:— To‘g‘ri aytasizlar, lekin bu maslahatingizni vijdonim qabul qilmaydi. Agar mushuk davomi…

Omonatga xiyonat

Kunlardan bir kun bir kishi o‘ralgan, muhrlangan bir xaltachani do‘stining huzuriga keltirib:— Do‘stim, men safarga chiqib ketayotibman, ichida ming oltin bo‘lgan shu xaltachani senga omonat topshiraman, safardan qaytib kelganimdan so‘ng ola-man,—deb xaltachani topshirdi va o‘sha kun safarga chiqib ketdi. Safari davomi…

Obro‘

Fazl nomli mo‘tabar bir odamning ikki yaqin odami bor edi. Birining oti Nazar, yana birining oti Soqib edi. Bir kun Fazlning huzurida Nazar bilan Soqib bir-birlari bilan hazillashdilar, askiyabozlikka kirishdilar, oxir hazillari zilga aylandi, har ikkisi qizishib bir-birini haqorat qilishga, davomi…

Eng buyuk zavq

Xorun ar-Rashid o‘z vaziri Ja’far, yana o‘zining eng yaqin xizmatchisi bilan suhbatlashib o‘tirgandi. Gapdan gap chiqib Ja’far Xorundan:— Nimadan eng ko‘p zavqlanasiz?— deb so‘radi, Xorun ar-Rashid shunday javob berdi:— Men eng nafis kiyimlar kiydim, lazzatli ovqatlar yedim, eng nodir sharbatlar davomi…

Pok vijdonli qiz

Xalifalardan Umar (r.a.) bir kechasi ko‘chalarni aylanib yurardi. Bir uyning yonidan o‘tarkan, bir xotinning hovlida qizi bilan janjallashib so‘zlagan tovushini eshitdi va uy eshigi yonida turib ularning so‘zlariga quloq soldi. Xotin qiziga achchiqlanib:— Nega men bilan olishasan? Ertaga sotiladigan sutimizga davomi…

Toshlar

Qilgan gunohlarini arz etib tavba-tazarru qilish uchun ikki xotin nuroniy bir chol huzuriga keldilar. Bulardan biri hali yosh, ikkinchisi esa qirq-qirq beshlarga kirgan o‘rta yoshli xotin edi. Yosh xotin o‘zining zo‘r gunohli ekanini bilib, shu qilgan gunohi uchun qayg‘urardi. O‘rta davomi…

Devona Bahlul

Mashhur xalifa Xorun ar-Rashidning zamondoshi Bahlulni devonavor hayot kechirgani uchun «Devona Bahlul», hikmatli so‘zlari bilan mashhurligi uchun «Dono Bahlul» der edilar. Xorun ar-Rashid Bahlulni hurmat qilar, u bilan suhbatlashib, hazillashardi. Bir kuni Xorun ar-Rashid go‘ristondan o‘tar ekan, eshik yonida Bahlulning davomi…

Iltifot

Hukmdorlardan Bahromgo‘r bir kuni ovga chiqdi. Bir kiyikni uchratib uni ovlamoqchi bo‘lganda, kiyik qochib ketdi. Bahromgo‘r uning orqasidan quvlay-quvlay, nihoyat bir qabila yashaydigan yerga yetib keldi. U qabilaning Qabiysa ismli bir sardori bor edi. Kiyik tashnalikdan betoqat bo‘lib Qabiysaning chodiriga davomi…

Maqolalar mundarijasi