Otajon Abdalov (1856-1939)

Otajon Abdalov (1856-1939) – ilk o‘zbek matbaachisi va noshiri. Matbaachilik faoliyatini 1874 yildan Xiva shahrida Xiva xoni Muhammad Rahimxon II saroyida tashkil etilgan toshbosmada ishlashdan boshlagan. Otajon Abdalov 1876 yilda Abdunosir Farohiyning «Nisabus-sibyon» asarini toshbosmada bosib xonga taqdim etdi. Bu davomi…

Almaiy (1851/52-1894/95)

Almaiy (taxallusi; asl ismi Fazlulloh Mirjalol o‘g‘li) (1851/52 — Toshkent — 1894/95) — o‘zbek shoiri, tarjimon, arabshunos va xattot. Toshkentdagi «Muyi Muborak»va Buxorodagi madrasalarda tahsil ko‘rgan (1866—67). Turk, fors, arab tillarini va adabiyotini, falsafa, mantiq, huquq, musiqa, tib, xattotlik ilmini davomi…

G‘urbat (1850/53-1918)

G‘urbat (taxallusi; asl nomi Abdulla Maxdum Karimberdi o‘g‘li) (1850/53 — Farg‘ona viloyati Beshariq tumani — 1918) — shoir. Qo‘qonda Muhammad Alixon madrasasida o‘qigan. O‘zbek va tojik tillarida diniy-tasavvufiy va dunyoviy mavzularda ijod qilgan. Asarlarining katta qismini lirik g‘azallar tashkil etadi. davomi…

Ikrom domla (1847-1925)

Ikrom domla, Mulla Ikromcha (taxalluslari; asl ismi Muhammad Ikrom ibn Abdusalom, 1847 — Buxoro — 1925) — Buxorodagi taraqqiyparvar ulamolardan, muftiy va mudarris. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Ahmad Donishning ma’rifatparvarlik g‘oyalariga qo‘shilib, madrasalardagi ta’lim tizimini tanqid qilgan, uni isloh kilish davomi…

Alamkash (1846-1924)

Alamkash (taxallusi; asl ismi Ubaydullo Islom o‘g‘li) (1846 — hozirgi G‘allaorol tumani, Qizilqo‘rg‘on qishlog‘i — 1924) — shoir, xattot, tarjimon. O‘z qishlog‘ida maktab ochib, shu maktab o‘quvchilari uchun hisob ilmiga oid darslik tuzgan. Alamkashning 100 dan ortiq she’rdan tarkib topgan davomi…

Hayrat To‘raqo‘rg‘oniy (1845-1915)

Umrzoq Xolboy o‘g‘li Hayrat (1845—1915) ilg‘or fikrli ma’rifatparvar shoir va nozikta’b xattot. U Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Yortepada kambag‘al dehqon oilasida dunyoga keldi. U dastlab qishloq maktabida, so‘ng To‘raqo‘rg‘on markazidagi G‘oyibnazar madrasasida tahsil ko‘rdi. U tahsil davridayoq badiiy ijodga qiziqdi, davomi…

Nodim (1844-1910)

Nodim Namangoniy (taxallusi; asl ism-sharifi Sulaymonxo‘ja Ulug‘xo‘ja o‘g‘li) (1844 — Namangan —1910) — shoir. Saidqulibek madrasasida tahsil ko‘rgan. Arab, fors tillarini o‘rgangan. Qo‘qon va Toshkentda bo‘lgan, fan-texnika yangiliklari, rus madaniyati, adabiy va madaniy doiralari bilan yaqindan tanishgan. Buxoro, Samarqand (1899), davomi…

Otaniyoz Niyoziy (1844-1928)

Niyoziy (taxallusi; ismi Otaniyoz Xo‘janiyoz o‘g‘li, 1844 — Shovot tumani — 1928) — shoir, bastakor. Komiljon Otaniyozovning otasi. Xivadagi Arabxon madrasasida o‘qigan. Arab, fors tillarini o‘rgangan, aruz ilmini puxta egallagan. Xivadagi Abdullaxon madrasasida mudarrislik qilgan (1920). Mumtoz she’riyatning turli janrlarida davomi…

Sattorxon Abdug‘afforov (1843-1901)

Sattorxon Abdug‘afforov (1843, Chimkent — 1901, Toshkent) — ma’rifatparvar, tarixchi. Yirik ulamo (mudarris) oilasida tug‘ilgan. Toshkentdagi Shukurxon madrasasini tugatgan (1862). Arab va fors tillarini yaxshi bilgan, rus tilini o‘rgangan. 1864 yilgacha Chimkent shahar muftiysi, 1873—76 yillarda Chimkentdagi birinchi rus-tuzem maktabi davomi…


Maqolalar mundarijasi