Malik Nabiyev (1913-1992)

Nabiyev Malik Nabiyevich (1913.18.1 — Toshkent — 1992.10.1) — kimyogar olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1956), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1963), texnika fanlari doktori (1955), professor (1956). Ivanovo kimyo-texnologiya institutini tugatgan (1935). Donbassdagi Gorlovka o‘g‘it zavodida ishlagan davomi…

Subutoy Dolimov (1907-1991)

Subutoy Dolimov (1907.23.1 – Toshkent — 1991.24.5) — adabiyotshunos-pedagog. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1967). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1939). Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim, sho‘ba mudiri (1943—57). ToshDU da o‘qituvchi (1957—62), dotsent (1963 yildan) bo‘lib ishlagan. Oliy davomi…

Abdulhamid Majidiy (1902-1938)

Abdulhamid Majidiy (taxallusi Abutanbal, A. B., Chaqmoq 1902 — Kattaqo‘rg‘on — 1938) — o‘zbek shoiri, dramaturg, adabiyotshunos, jurnalist, pedagog. Dastlab eski maktabda, so‘ngra Kattaqo‘rg‘onda ochilgan rus-tuzem maktabida ta’lim oldi. «Zarafshon» (1925 — 26), «Ozod Buxoro» (1927—28) gazetalarida muharrirlik qildi. Xorazm davomi…

Shokirjon Rahimiy (1898-1938)

Shokirjon Rahimiy (1898, Toshkent — 1938.4.10) — ma’rifatparvar. Otasi qo‘lida xatsavodini chiqargach, madrasada, usuli jadid maktabi va kechki rus-tuzem maktabida o‘qigan (1903—09). «Rahimiya» maktabida o‘qituvchilik qilgan (1909—19). Shokirjon Rahimiy «Turon» teatr to‘dasi faoliyatida qatnashish bilan birga Xalq universiteti (1918), «Ishtirokiyun» davomi…

Mirmuhsin Shermuhamedov (1895-1929)

Mirmuhsin (taxallusi; asl ism-sharifi Shermuhamedov Mirmuhsin) (1895 — Toshkent — 1929.4.8) — jurnalist, yozuvchi. O‘zbek matbuotining asoschilaridan biri. 1916—17 yillarda Ufadagi «Oliya» madrasasida o‘qigan. 1917 yili Toshkentga qaytgan. 1917 yili Fevral inqilobi munosabati bilan «Turon» gazetasiga yozgan «Tarixiy ikki voqea» davomi…

Muhammadamin Faxriddinov (1894-1941)

Muhammadamin Faxriddinov (1894 Toshkent — 1941) — o‘zbek ma’rifatparvari, pedagog. Toshkentdagi madrasalardan biri va 2 bosqichli rus-tuzem maktabini tugatgan. 1913—17 yillarda Toshkentdagi rus-tuzem maktablaridan birida o‘qituvchi. Oktyabr to‘ntarishi (1917)dan so‘ng o‘zbek maktablarida o‘qituvchilik qilgan. Muhammadamin Faxriddinov yangi usul maktablari uchun davomi…

Muxtorjon Saidjonov (1893-1937)

Saidjonov Muxtorjon Yo‘ldoshevich (1893, Buxoro – 1937.25.10, Toshkent) — Buxoroda jadidchilik xarakatining namoyandasi, siyosat va jamoat arbobi. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Yosh buxoroliklar partiyasi MK a’zosi (1917 yildan). Kolesov voqeasidan so‘ng, Yosh buxoroliklardan ajralib chiqqan. BXSR ichki ishlar noziri (1920 davomi…

Abdulla Badriy (1893-1936)

Abdulla Badriy (1893, Samarqand — 1936) — o‘zbek dramaturgi. Rus-tuzem maktabini tamomlab, muallimlik qilgan. 1910-yillarda yevropacha usuldagi yangi o‘zbek teatrining shakllanishiga hissa qo‘shgan. O‘zining drama truppasini tashkil etdi. 1914—16 yillarda «Juvonmarg», «Ahmoq», «O‘gay ota», «Boyvachcha» kabi pesalarini yozdi. Ularda o‘zbek davomi…

Vodiliy (1893-1965)

Vodiliy (taxallusi; asl ismi So‘fiyev Abdurahmon) (1893, Farg‘ona, Vodil qishlog‘i — 1965, Toshkent) — o‘zbek shoiri. Erkin fikrlilikda ayblanib quvg‘in va ta’qiblarda yashagan. Vodiliyning «Devon»i (1963), farzandlariga yozgan o‘gitlari bor. Abdurahmon Jomiyning tasavvufga oid kitobi, Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr», Alisher davomi…

Abdulqodir Muhitdinov (1892-1934)

Abdulqodir Muhitdinov (1892, Buxoro — 1934.1.6, Toshkent) — Buxorodagi jadidchilik harakati namoyandasi, siyosat arbobi. Boshlang‘ich ta’limni Buxoroda olgach, Istanbul madrasasida o‘qidi. Otasi yirik savdogar Mirza Muhitdin Mansurov ilk jadid gazetasi «Buxoroyi sharif»ni moddiy jihatdan ta’minlab turgan, yangi usul maktablariga homiylik davomi…


Maqolalar mundarijasi