Shayx Abdulaziz Mansur (1944)

Shayx Abdulaziz Mansur 1944 yili Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. Maktabni tamomlagandan so‘ng Oltiariq tumani va Marg‘ilon shahridagi turli idoralarda xizmat qilgan. 1975–79 yillari Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom oliy ma’hadida tahsil oldi. Oliy ma’hadni bitirgach, “Sovet Sharqi musulmonlari” jurnali tahririyatida mas’ul davomi…

Shavkat Solihov (1944)

Solihov Shavkat Ismoilovich (1944.12.12, Toshkent) — kimyogar olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995). O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi (1998). Biologiya fanlari doktori (1984), professor (1984). O‘rta Osiyo universitetini tugatgan (1967). ToshDU tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasida ilmiy xodim (1967 —73), O‘zbekiston Fanlar davomi…

Tursunoy Sodiqova (1944-2017)

Shoira Tursunoy Sodiqova 1944 yili Andijon shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan. O‘rta maktabda muallim, yoshlar tashkilotlarida, keyinchalik Andijon Davlat tillar institutida, Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazida ishlagan. Filologiya fanlari nomzodi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. Tursunoy Sodiqovaning ilk davomi…

Zohir A’lam (1943-2014)

Zohir A’lam 1943 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1965). Birinchi kitobi — «Baxtli bilet» (1972). «Muqaddima» (1978), «Hammasi bir binoda», «BAM manzaralari» (1978), «Kiyik ko‘zlari» (1981), «O‘sma ketar, qosh qolar» (1981), «Ota o‘gitlari» (1985), «Zarb» (1987) kabi davomi…

Sayyora Rashidova (1943)

Rashidova Sayyora Sharofovna (1943.2.8, Jizzax) — kimyogar olima. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1993), kimyo fanlari doktori (1983), professor (1984). Sharof Rashidovning kizi. Moskva universitetini tugatgan (1965). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo institutida laboratoriya mudiri (1972—79), davomi…

Abdulla Sher (1943)

Abdulla Sher 1943 yil 5 avgustda Toshkent viloyati Chinoz tumanining Yo‘ltushgan qishlog‘ida hunarmand-misgar oilasida tug‘ilgan. Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan. 1969 yildan boshlab “Guliston” jurnalining adabiy xodimi, bo‘lim mudiri, mas’ul kotibi, “O‘zbekiston fizkulturachisi” gazetasi muharriri o‘rinbosari lavozimida davomi…

Omon Matjon (1943-2020)

Omon Matjon (taxallusi; asl ism-sharifi Matchonov Omon) (1943.14.2, Xorazm viloyati Yangibozor tumani – 2020.29.10, Toshkent) — O‘zbekiston xalq shoiri (1993). Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1969). G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, bo‘lim mudiri (1969-85), «Yoshlik» jurnalida davomi…

Rauf Parfi (1943-2005)

Rauf Parfi (taxallusi; asl ism-sharifi Tursunali Parfiyev; 1943.27.9, Toshkent viloyati Sho‘ralisoy qishlog‘i – 2005) — shoir va tarjimon. O‘zbekiston xalq shoiri (1999). ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan (1960—65). Turli yillarda Kinematografiya davlat qo‘mitasi, «Oydin» gazetasi, Fafur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at davomi…

Muhammad Ali (1942)

Muhammad Ali (Ahmedov Muhammadali) 1942 yil 1 martda Andijon viloyatining Bo‘z tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1992). Filologiya fanlari nomzodi (1992). Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini tugatgan (1966). «Sharq yulduzi» jurnalida adabiy xodim (1966), G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va davomi…


Maqolalar mundarijasi