Sakkokiy (XV asr)

Sakkokiy (15-asr)ning ismi, tug‘ilgan va vafot etgan yillari noma’lum. Samarqandda Xalil Sulton (1405-09) va Ulug‘bek hukmronligi davrida yashab, ijod etgan. Alisher Navoiy Sakkokiy ijodiga yuksak baho bergan: «Turkiy alfozining bulag‘osindin Mavlono Sakkokiy ham Lutfiylarkim, birining shirin abyotining ishtihori Turkistonda bag‘oyat davomi…

Atoiy (XV asr)

Atoiy (15-asr, Balx) — shoir. Yassaviy avlodidan. Samarqand, Buxoro va Balxda yashagan. Turkiy, fors va arab adabiyotlarini chuqur o‘rgangan. Turkiy va fors tillarida ijod qilgan. Navoiy («Majolis un-nafois») Atoiy hayoti va ijodi haqida to‘xtalib, «Mavlono Atoiy Balxda bo‘lur erdi. Ismoil davomi…

Kamol Xo‘jandiy (1321-1401)

Kamol Xo‘jandiy (taxallusi; ismi Kamoliddin Mas’ud, 1321, Xo‘jand — 1401, Tabriz) — O‘zbek va fors-tojik shoiri. Toshkent, Turkiston, Samarqandda ma’lum muddat yashab, tahsil ko‘rgan. Mo‘g‘ul istilosi tufayli o‘z vatanini tark etgan.Xorazm, Sheroz arab mamlakatlariga borgan, Makkada bo‘lgan. Qaytishda Tabrizda yashab davomi…

Lutfiy (1366-1465)

Lutfiy (1366- Hirot – 1465), Mavlono Lutfiy — o‘zbek shoiri, orif va mutafakkir. O‘z zamonining «malik ul-kalomi». Yaqin vaqtlargacha Lutfiyning tavallud topgan va vafot etgan joyi Hirotning Deqikanor mavzei deb ko‘rsatib kelingan. Shayx Ahmad Taroziyning Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlab yozilgan «Funun davomi…

Durbek (XIV-XV asr)

Durbek (14-asr oxiri — Balx — 15-asr boshi) — o‘zbek shoiri. Uning «Yusuf va Zulayho» dostonigina yetib kelgan. Durbekning «Yusuf va Zulayho» dostoni 1409 yili yozilgan. Doston asosini Sharqda mashhur Yusuf va Zulayho haqidagi rivoyat tashkil etgan. Sharq adabiyotida sayyor davomi…

Hofiz Xorazmiy (XIV-XV asr)

Hofiz Xorazmiy (taxallusi; ismi Abdurahim) (14-asrning 2-yarmi, Xorazm — 15-asrning 30—40-yillari, Sheroz) — shoir. Eski o‘zbek tili rivojiga katta hissa qo‘shgan. Yoshligi Xorazmda kechgan. Bu yerdagi notinchliklar tufayli 14-asr oxirlarida o‘z vatanini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Samarqand, Buxoro, Xo‘jand, Iroq, davomi…

Ahmad Yugnakiy (XII-XIII asr)

Ahmad Yugnakiy (12-asr oxiri, Samarqand, Yugnak qishlog‘i — 13-asr 1-yarmi, ?) — shoir, mutafakkir. Tarjimai holi haqida deyarli ma’lumot yo‘q. «Hibat ul-haqoyiq» («Haqiqatlar tuhfasi») asari bizgacha yetib kelgan. Uning oxirida Adib Ahmad ismi tilga olinadi. Asar nusxalaridan biriga temuriy amaldorlardan davomi…

Burhoniddin Rabg‘uziy (XIII-XIV asr)

Rabg‘uziy (taxallusi; asl ism-sharifi Nosiriddin Burhoniddin o‘g‘li) (13-asr oxiri — Xorazmning Raboto‘g‘uz mavzei — 14-asr boshlari) — shoir. Raboto‘g‘uzda qozilik qilgan. Sharq xalqlari og‘zaki ijodini, ayniqsa, rivoyatlarni, avliyo-anbiyolar to‘g‘risidagi qissalarni chuqur o‘rgangan. O‘zi ham ko‘pgina ibratli hikoyatlar, qissalar yozgan. Turkiy davomi…

Salohiy (XVIII asr)

«GUL VA BULBUL»DAN(1740 yilda yozilgan) Sabo chun gul harimig‘a ulashti,Jahon oro jamolig‘a yetushti. Dedi: «Ey gul kezib keldim jahonni,Tanib dunyoda yaxshi, ham yomonni. Bor erkan dahr aro bir marg‘zori,Chamanzori, ajoyib lolazori, Yetushtum ersa nogah bir guzarga,Ajoyib bir nimarsa keldi ko‘zga. davomi…


Maqolalar mundarijasi