Mahzuna (1811 – ?)

Mahzuna (taxallusi; asl ism-sharifi Mehribon mulla Boshmon qizi, taxminan 1811, Qo‘qon — ?) — o‘zbek shoirasi. Qo‘qonning Qatag‘on daha Mulla Boshmon mahallasidan bo‘lib, otasi mahalla masjidi imomi Mulla Boshmon Oxunddir. Ota-onasi qo‘lida savod chiqargan, arab, fors tillarini mukammal o‘rgangan. Navoiy, davomi…

Dilshodi Barno (1800-1905/06)

Dilshod Otin, Barno, Dilshodi Barno (taxalluslari; asl ism-sharifi Dilshod Rahimqul so‘fi qizi), (1800, O‘ratepa — 1905/06, Qo‘qon) — shoira, ma’rifatparvar. Otasidan savod o‘rgangan. Maktabdorlik qilgan — xotin-qizlarga xat-savod o‘rgatgan. Anbar Otin Dilshod Otinning iqtidorli talabalaridan bo‘lgan. Dilshod Otin g‘azal, muxammas, davomi…

Xiromiy (1796-1891)

Xiromiy (taxallusi; ismi Mullo Qurbon) (1796, Kitob viloyati Charmgaron guzari — ?) — shoir. Ba’zi manbalarda Mirzo Qurbon, Muhammad Qurbon deb ham tilga olingan. Kenagas urug‘idan. Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil ko‘rgan. Iqtisodiy tanglik tufayli madrasani tugata olmagan, 25 yoshida davomi…

Amiriy (1787-1822)

Umarxon, Amir Umarxon, Amiriy (1787— Qo‘qon — 1822) — Qo‘qon xoni (1810—1822), zullisonayn shoir. Norbo‘tabiyning o‘g‘li. O‘zbeklarning ming urug‘idan. Boshlang‘ich savodini oilada chikarib, keyin madrasada tahsil olgan. Yoshligidan saroy xizmatiga jalb qilingan: akasi — Qo‘qon xoni Olimxonnnng davlatni boshqarish ishlarida davomi…

Mujrim Obid (XVIII-XIX asr)

Mujrim-Obid — (taxallusi; asl ismi-sharifi Mirakxo‘ja o‘g‘li, 18-asrning 2-yarmi — hozirgi Buxoro viloyati Vobkent tumani Kumushkent qishlog‘i — 19-asrning 1-choragi) — zullisonayn shoir. O‘z davri Buxoro adabiy muhitining zabardast vakili. Tarjimai holiga oid ma’lumotlar yetarli emas. Ba’zi manbalarda shoirning ismi davomi…

G‘oziy (XVIII asr – 1818)

G‘oziy, Muhammadg‘oziy (18-asrning 2-yarmi — Qo‘qon — taxminan 1818) — shoir. Buxoro madrasalarida o‘qigan. Qo‘qondagi Madrasai Mirda mudarris, mufti bo‘lgan. Akmal Xo‘qandiyning yaqin do‘sti. O‘zbek va fors tillarida ijod qilgan. Fuzuliyni o‘ziga ustoz bilgan. She’rlarining mazmuni bilan ham, dunyoga, atrof-muhitga davomi…

Sayqaliy (1730-1798)

Sayqaliy, Hisoriy, Sobiriy (taxalluslari; ismi Sobir) (1730— Hisor — 1798) — shoir. «Qissai Ibrohim», «Rangnomai imom Muhammad Hanafiya», «Ahtamnoma», «Ravzat ushshuhado» kabi diniy-didaktik asarlari bor. Ularda Sharqda mashhur ayrim syujetlar qisqa bayon etilgan. G‘azal, muxammas, musaddas, musamman va masnaviylarida zamonasidan, davomi…

Xo‘janazar Huvaydo (1704-1780/81)

Huvaydo (taxallusi; asl nomi Xo‘janazar G‘oyibnazar o‘g‘li) (? — O‘sh shahri — 1780/81, Farg‘ona viloyati Chimyon qishlog‘i) — shoir, tasavvuf she’riyatining yirik vakili. Qo‘qon madrasalarida o‘qigan. Qishlog‘ida maktab ochib, uzoq vaqt maktabdorlik qilgan, kosiblik bilan ham shug‘ullangan. Otasi G‘oyibnazar so‘fi davomi…


Maqolalar mundarijasi