Faqiriy (1880-1925)

Faqiriy (taxallusi; asl ism-sharifi Abdurazzoq Abdujabbor o‘g‘li) (1880 — Xiva yaqinidagi Bo‘zxona qishlog‘i — 1925) — shoir, xattot va naqqosh. Xivadagi Olloqulixon madrasasida o‘qigan. Sharq mumtoz adabiyotini o‘rganib, o‘zi ham she’rlar yoza boshlagan. Otasidan yog‘och va tangaga naqsh o‘yish san’atini davomi…

Abdurazzoq Bimiy (1850-1926)

Bimiy 1850 yili Andijonning qishlog‘ida zamonasining o‘qimishli oilasida tug‘ildi. Yoshligidan ilm-fanga zo‘r havas qo‘ygan Abdurazzoq o‘zbek, fors va arab tillarini, shuningdek, klassik musiqa, xattotlik ilmini ham qunt bilan o‘rganadi.Bimiy o‘z ijodini juda erta boshlaydi. Katta iste’dodi va mehnati, tinimsiz izlanishi davomi…

Noqis (1860-1929)

Noqis (taxallusi; asl ism-sharifi Abdulqodir Muhammadshokir o‘g‘li) (1860 — Kattaqo‘rg‘on — 1929) — o‘zbek shoiri. Kattaqo‘rg‘on, Buxoro madrasalarida o‘qigan. 1895 yilda Kattaqo‘rg‘onga qaytib, madrasada mudarrislik qilgan, dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Sa’diy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy va boshqaga ergashgan, ular g‘azallariga muxammaslar bog‘lagan. davomi…

Muntazir (1831-1889)

Muntazir (taxallusi; ismi Yusufqori) (1831, Qo‘qon — 1889, Andijon) — shoir. Qo‘qondagi «Madrasai oliy»ni tugatgach, mudarrislik qilgan. U Nizomiy, Hofiz, Navoiy, Bedil asarlarini chuqur o‘rgangan. Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Pisandiy, Muhayyir, Rojiy Marg‘inoniylar bilan yaqindan tanishgan, adabiy hamkorlik qilgan. Xudoyorxon o‘g‘li davomi…

Oraziy (1869-1942)

Alixon Mullaoxun o‘g‘li Oraziy 1869 yilda sobiq Marg‘ilon uyezdi Shahrixon volostining Qashqar mahallasida kulol oilasida tug‘ildi. Alixon Oraziy yozish va o‘qishni dastlab o‘z onasidan o‘rgandi. So‘ngra mahallasidagi otinbibida o‘qishni davom ettirdi. U 1884—1890 yillarda Shahrixondagi Dasturxonchi madrasasida tahsil ko‘radi. Biroq, davomi…

Hayratiy (1870-1963)

Shoir mulla Hoshim Solih o‘g‘li Hayratiy 1870 yilda Shahrixonning Begvachcha Qashqar mahallasida hunarmand aravasoz oilasida dunyoga keldi. Yoshligidan uni maktabdorlik qiluvchi amakisi mullo Jalil o‘z tarbiyasiga oldi. Amakisi unga xat-savod o‘rgatdi, so‘ngra bo‘lajak shoir do‘sti Oraziy bilan birga shaxsiy mutolaa davomi…

Hayrat To‘raqo‘rg‘oniy (1845-1915)

Umrzoq Xolboy o‘g‘li Hayrat (1845—1915) ilg‘or fikrli ma’rifatparvar shoir va nozikta’b xattot. U Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Yortepada kambag‘al dehqon oilasida dunyoga keldi. U dastlab qishloq maktabida, so‘ng To‘raqo‘rg‘on markazidagi G‘oyibnazar madrasasida tahsil ko‘rdi. U tahsil davridayoq badiiy ijodga qiziqdi, davomi…

Shavqiy (1805-1889)

Shavqiy (taxallusi; asl ism-sharifi Mulla Shamsi mulla Husan o‘g‘li) (1805— hozirgi To‘raqo‘rg‘on tumani — 1889) — shoir, tarixchi. «Devon»ida o‘zbek va fors tilidagi she’rlari jamlangan bo‘lib, ularning asosiy qismini o‘zbek tilidagi she’rlari tashkil qiladi. Shavqiyning asarlari mumtoz she’riy janrlar: g‘azal, davomi…

Xumuliy (XIX asr)

Xumuliy, Jumaquli ibn So‘fiy Tag‘oyi turk Urgutiy Samarqandiy (19-asr) — shoir va yozuvchi. Buxoro amiri Nasrullo (1827—60) davrida Urgutda qozilik qilgan. O‘zbek va tojik tillarida nasr va nazmda ijod etgan, tarixiy asarlar ham yozgan. Zamondosh olim va shoirlarning tarjimai holini davomi…

Mirhasan Sadoiy (XVIII asr – 1820)

Mirhasan Sadoiy (18-asr 2-yarmi — Farg‘ona — 1820) — shoir. Hayoti va ijodiga oid ayrim ma’lumotlar Dilshod Otinning «Tarixi muhojiron» asarida uchraydi. Huvaydoning shogirdi, ko‘pchilik she’rlari uning g‘azallariga hamohang. Hofiz, Navoiy, Mashrab adabiy an’analarini davom ettirgan, g‘azallariga naziralar bitgan. She’rlarida davomi…


Maqolalar mundarijasi